97
yechimlarini qaytaradi.
Avval tenglamalar, keyin esa boshlang'ich shartlar
ko'rsatiladi.Agar tenglamalar uchun ifodalarga tenglik belgisi ishlatilmasa ifoda
nolga teng, deb olinadi
(eqnI=0).
Jimlik qoidasi bo'yicha mustaqil o'zgaruvchi sifatida
t o'zgaruvchi olingan.
Boshqa o'zgaruvchilardan foydalanish uchun ular
dsolve funksiyasi ro'yxatining
oxiriga yozilishi kerak.
D simvolli mustaqil o'zgaruvchi bo'yicha birinchi hosilani
belgilaydi,
d/dt ni
D2 esa ikkinchi
hosilani va h.k. Mustaqil o'zgaruvchining
nomi
D xarfi bilan boshlanmasligi kerak.
Boshlang'ich shartlar
'y(a)=b' yoki
'Dy(a)=b' tengliklar ko'rinishida beriladi,
bu yerda
y - bog'liq o'zgaruvchi,
a yoki
b - konstantalar ular simvolli bo'lishi ham
mumkin.Tenglamalardagi konstantalar ham simvolli bo'lishi mumkin.
Agar
boshlang'ich shartlar soni tenglamalar sonidan kam bo'lsa yechimda
C1, C2 ,... erkin
doimiylar qatnashadi.
Ko’shi kurinishidagi differensial tenglamalarni yechish uchun MATLAB da
quyidagi funksiya mavjud.