• O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda elon qiladi.
  • „O‘zbekiston Respublikasining dav­lat mustaqilligini elon qilish togrisida"
  • 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb elon qilinsin
  • O‘zbekiston Respublikasi
  • 3-Mavzu O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja




    Download 29.91 Kb.
    bet2/5
    Sana31.05.2023
    Hajmi29.91 Kb.
    #68270
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3 Mavzu O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi(1)
    10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
    Birinchi Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'ri­sidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
    Sessiyada ,,O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Oliy Kengash Bayonotida shunday deyiladi:
    O'tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarni e'tiborga olib,
    - xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o'z taqdi-rini o'zi belgilash huquqiga asoslanib,
    - O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'-uliyatni anglab,
    - shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o'rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to'g'risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatini bayon etib,
    - millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,
    - Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi, - deb ta'kidlanadi Bayonotda, - to'la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo'ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o'zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o'zini ochiq deb e'lon qiladi.
    Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining dav­lat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo'ydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorida: 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, - deb belgilab qo’yildi.
    Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining davlat musta­qilligi asoslari to'g'risida" Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
    Qonunning birinchi moddasida: ,,O'zbekiston Respublikasi o 'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir", — deb qonunlashtirib qo'yildi.
    Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo'yildi.
    Mustaqillik asoslari to'g'risidagi qonunda O‘zbekiston Res­publikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi kin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas, deb qat'iy qonunlashtirib qo'yildi.
    Mazkur qonunda respublika hududidagi еr, еr osti boylik-lari, suv va o'rmonlar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma'naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
    O‘zbekiston Respublikasi o'z hududida oltin, boshqa qim-matbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o'z ol­tin zaxirasini yaratadi deyiladi bu qonunda.
    «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o‘ynaydigan bo‘ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. 
    Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabrda bo‘lib o‘tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
    1. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
    2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalariga «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin», – deb belgilab qo‘yildi.
    Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi ham qonuniy-tarixiy jarayon bo'lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
    1991- yil 31- avgustdan e'tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o'z taqdirini o'z qo'liga oldi, siyosiy, ma'naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to'la huquqli, suveren dav­lat O‘zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
    O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabot-liligi va qat'iyatligi, uzoqni ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo'li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbohlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
    Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo'yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya singari yirik davlatlar tan oldilar.
    O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi chaqirilib, unda O‘zbekistonda Referendum to‘g‘risida qonun qabul qilindi, hamda «O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
    1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin.
    2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?»

    Download 29.91 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 29.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja

    Download 29.91 Kb.