• Ikkinchi vazifa
  • Uchinchi vazifa
  • 3-mavzu: O'zbekiston respublikasining ta'lim tizimi modernizatsiya jarayonlari asosiy savollar




    Download 58.1 Kb.
    bet3/9
    Sana27.03.2023
    Hajmi58.1 Kb.
    #46882
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-mavzu O\'zbekiston Respublikasi ta\'lim tizimida modernizatsiya jarayonlari (1)
    вар9, file
    Birinchi vazifa - maktabgacha ta'lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim soxadagi ishlarni e'tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi.
    Tasdiklangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
    Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.
    Ikkinchi vazifa - umumta'lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq.
    Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.
    Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari xali sifatli va to‘liq xolda yechilgani yo‘q.
    Yana bir muammoni xal etish ham o‘ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy- ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni yaratish zarur.
    Uchinchi vazifa - ta'lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir xududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
    To‘rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish.
    Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
    Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.
    Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur.
    Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy tusik bo‘lmoqda.
    Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muxabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi5.
    Mamlakatimizda Ta'lim to'g'risidagi Qonun dastlab 1992 yilda qabul qilingan, 1997 yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi.
    2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta'lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi.
    Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko‘rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi. Shuningdek, ma'muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib tashlandi. Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o‘z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi.

    1. bob. Umumiy qoidalar.

    2. bob. Ta'lim tizimi, turlari va shakllari.

    3. bob. Ta'lim tizimini boshqarish

    4. bob. Ta'lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish.

    5. bob. Ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi

    6. bob. Ta'lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari

    7. bob. Ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish.

    8. bob. Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta'lim to'g'ridagi hujjatni tan olish, ta'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo'yish.

    9. bob. Ta'limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash.

    10. bob. Ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik.

    11. bob. Yakunlovchi qoidalar.


    1. Download 58.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 58.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: O'zbekiston respublikasining ta'lim tizimi modernizatsiya jarayonlari asosiy savollar

    Download 58.1 Kb.