|
Rasm. Elektron hujjat almashinuvi tizimi
|
bet | 5/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 159,39 Kb. | | #248961 |
Bog'liq 3-mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlarRasm. Elektron hujjat almashinuvi tizimi
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
-- elektron raqamli imzo;
-- elektron hujjatni jо‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni
jо‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
-- elektron hujjatni jо‘natuvchining pochta va elektron manzili;
-- hujjat yaratilgan sana.
Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborotkommunikatsiya tizimi orqali jо‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish,
hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa
axborotlarni almashishda foydalanish mumkin.
Elektron tijorat tо‘g‘risidagi qonun haqida
О‘zbekiston respublikasining elektron tijorat tо‘g‘risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 14 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron
tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
-- Elektron tijorat - axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar kо‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
-- Elektron tijorat ishtirokchilari - elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haridorlari bо‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar kо‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir.
|
| |