|
Elektron raqamli imzoni rо‘yxatga olish markazi
|
bet | 4/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 159,39 Kb. | | #248961 |
Bog'liq 3-mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlarElektron raqamli imzoni rо‘yxatga olish markazi Rо‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat rо‘yxatidan о‘tgan va ushbu qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.
Rо‘yxatga olish markazi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
2. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi;
3. Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, uning о‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi;
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi;
5. Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini tо‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi;
7. Elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning kо‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi;
Elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonun haqida
О‘zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 19 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qо‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bо‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Axborot kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari yordamida inson uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron vositalardagi axborot – bu elektron hujjatdir.
|
| |