|
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy y
|
bet | 3/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 159,39 Kb. | | #248961 |
Bog'liq 3-mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlarAxborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
2. Davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida
О‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
3. Xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin
foydalanish uchun sharoit yaratish;
4. Davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va о‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
5. Axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini
tashkil etish;
6. Axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga kо‘maklashish;
7. Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
8. Tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
9. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni
rag‘batlantirish.
Elektron raqamli imzo tо‘g‘risidagi qonun haqida
О‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo tо‘g‘risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 22 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
-- elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus о‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yо‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
-- elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qо‘yuvchi shaxsning о‘ziga ma’lum bо‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mо‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
-- elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mо‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
-- elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yо‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
-- elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bо‘lgan axborot.
|
| |