|
Elektron tо‘lovlar tо‘g‘risidagi qonun haqida
|
bet | 6/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 159,39 Kb. | | #248961 |
Bog'liq 3-mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlarElektron tо‘lovlar tо‘g‘risidagi qonun haqida
О‘zbekiston Respublikasining elektron tо‘lovlar tо‘g‘risidagi qonuni 2005 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron tо‘lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunda qо‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
-- Elektron tо‘lov - texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron tо‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron tо‘lovdir. Elektron tо‘lov tо‘lov tizimining subyektlari о‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida tо‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
-- Tо‘lov tizimi va uning turlari - elektron tо‘lovlar amalga oshirilayotganda tо‘lov tizimining subyektlari о‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmuyi tо‘lov tizimidir.
Tо‘lov tizimining turlari:
-- banklararo tо‘lov tizimi;
-- bankning ichki tо‘lov tizimi;
-- chakana tо‘lovlar tizimlaridan iborat.
Nazorat savollari
Respublikamizda axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qanday asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlar mavjud?
О‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish tо‘g‘risidagi qonuni haqida nimalarni bilasiz?
Axborotlashtirish nima?
Axborot resursi deb nimaga aytiladi?
|
| |