|
Axborotlashtirish sohasidagi asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin
|
bet | 2/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 159,39 Kb. | | #248961 |
Bog'liq 3-mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlarAxborotlashtirish sohasidagi asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
№
|
Qonun nomi
|
Sanasi
|
1.
|
Axborotlashtirish tо‘g‘risida
|
2003 yil 11-dekabr
|
2.
|
Elektron raqamli imzo tо‘g‘risida
|
2003 yil 11-dekabr
|
3.
|
Elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risida
|
2004 yil 29-aprel
|
4.
|
Elektron tijorat tо‘g‘risida
|
2004 yil 29-aprel
|
5.
|
Elektron tо‘lovlar tо‘g‘risida
|
2005 yil 16-dekabr
|
О‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish tо‘g‘risidagi qonuni haqida
О‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish tо‘g‘risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
-- axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
-- axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
-- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
-- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
-- axborot texnologiyasi - axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
-- axborot tizimi - axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
|
| |