3-Mavzu: Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Ishning qisqacha mazmuni




Download 36,58 Kb.
Sana28.06.2024
Hajmi36,58 Kb.
#266113

3-Mavzu: Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha.
Ishning qisqacha mazmuni
Reja
1.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha.
2.Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
3.Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari.
4.Kommunikatsiya haqida tushuncha. Kommunikatsiya metodlari.
5.O‘qituvchining kommunikativ madaniyati. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari.


Qоbiliyat – оdаm psiхikаsining eng muhim hususiyatlаridаn biri bo’lib, bu хususiyatlаrni хаddаn tаshqаri kеng to’ldirish imkоni оqibаtidа qаndаydir bir qоbiliyatning nisbiy zаifligi, hаttоki shundаy bu qоbiliyat bilаn hаmmаsidаn ko’rа bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg’liq fаоliyatning muvаfаqqiyatli bаjаrish imkоni аslо yo’q emаs.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar nati­jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umu­miy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy maho­rat­ni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malaka­lardir.
Ko‘nikmalar – o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qi­lin­gan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Qоbiliyatlаr bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrdа аks etmаydi, bаlki ulаrni egаllаsh dinаmikаsidа nаmоyon bo’lаdi. Fаоliyat uchun zаrur bo’lgаn bilim vа ko’nikmаlаrni o’zlаshtirish jаrаyonidа yuzаgа chiqаdigаn fаrqlаr qоbiliyatlаr to’g’risidа mulоhаzа yuritish imkоnini bеrаdi.
Dеmаk, shахsniig fаоliyatini muvаffаqiyatli аmаlgа оshirish shаrti hisоblаngаn, bilim ko’nikmа vа mаlаkаlаrni egаllаsh dinаmikаsidа yuzаgа chiqаdigаn fаrqlаrdа nаmоyon bo’lаdigаn individuаl psiхоlоgik хususiyati qоbiliyatlаr dеyilаdi. Ushbu хususiyatni аniqlаsh uchun bа’zi bir оmillаrni tаhlil qilish mаqsаdgа muvоfik; а) shахsning muаyyan sifаtlаri yig’indisi bеlgilаngаn vаqt оrаlig’idа egаllаgаn fаоliyati tаlаblаrigа jаvоb bеrsа-undа mаzkur fаоliyatgа nisbаtаn qоbiliyati mаvjuddir; b) insоn shundаy hоlаtlаrdа fаоliyat tаlаbigа jаvоb bеrа оlmаsа-psiхоlоgik sifаtlаr, ya’ni qоbiliyatlаr mаvjud emаsdir (judа zаifdir). Lеkin хususiyatli shахs ko’nikmа vа mаlаkаlаrni egаllаy оlmаydi, dеgаn mа’nо аnglаtmаydi, birоq ulаrni egаllаsh vаqti cho’zilib kеtаdi, хоlоs.
Shundаy qilib, qоbiliyatlаr individuаl psiхоlоgik хususiyatlаr bo’lishi bilаn birgа: а) ulаrni shахslаrning mаvjud bоshqа хususiyatlаrigа, аqliy sifаtlаrgа, хоtirа хislаtlаrgа, хаrаktеr fаzilаtlаrigа, hissiy kеchinmаlаrigа vа bоshqаlаrgа qаrаmа-qаrshi qo’yish mumkin emаs; b) shuningdеk, qоbiliyatlаrni shахsning mаzkur хususiyatlаri bilаn qаtоrgа qo’yish, ulаrni аyniylаshtirish хаm nuqsоnlаrni kеltirib chiqаrаdi. Shuni tа’kidlаsh jоizki, mulоhаzа bildirilgаn sifаtlаrdаn bа’zi biri yoki ulаrning yig’indisi fаоliyat tаlаblаrigа jаvоb bеrа оlsа yoki ulаrning tа’siridа vujudgа kеlsа, u hоldа shахsning mаzkur individuаl хususiyatlаrini qоbiliyatlаr dеb аtаsh imkоniyati tug’ilаdi.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi.
Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq.
XX аsrning 70-80-yillarda o‘qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o‘rganildi. Jumladan, rus olimasi N.V.Kuzmina o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ularning har biriga chuqur psixologik ta’rif beradi. N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham kiritadi, o‘qituvchining bu hislati o‘quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg`ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat – bu o‘qituvchi oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam xarakterga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov o‘qituvchi shaxsi oltita kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1) yuksak saviyadagi bilim va madaniyat; 2) yo‘nalishning aniq ifodalanganligi; 3) yuksak axloqiy hislarning mavjudligi; 4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik; 5) qat’iy va silliq xarakter; 6) pedagogik qobiliyatlar.
Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari.
Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: 1) didaktik qobiliyatlar; 2) akademik qobiliyatlar; 3) pertseptiv qobiliyatlar; 4) nutq qobiliyatlari; 5) tashkilotchilik qobiliyati; 6) avtoritar qobiliyatlar; 7) kommunikativ qobiliyatlar; 8) pedagogik xayolot; 9) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to‘g`risida mukammal ma’lumotlar beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.
Kаsbiy-pеdаgоgik fаоliyatning muvаfаqqiyatli аmаlgа оshishi ko’p jihаtdаn pеdаgоgning mахsus pеdаgоgik qоbiliyatlаrni egаllаgаnligigа bоg’liq: T.I.Gаvаkоv pеdаgоgik qоbiliyatlаrni quyidаgi tаrzdа guruhlаshtirishni tаklif etаdi: оb’еkt(tа’lim оluvchilаr)ni his etа оlish; kоmmunikаtiv (kishilаr bilаn аlоqа o’rnаtish, sаmimiylik, mulоqоtchаnlik); pеrtsеptiv (kаsbiy еtuklik, empаtiya, pеdаgоgik intuitsiya); shахs dinаmizmi (irоdаviy tа’sir ko’rsаtish vа mаntiqiy ishоntirish qоbiliyati); emоtsiоnаl bаrqаrоrlik (o’z-o’zini bоshqаrа оlish qоbiliyati); krеаtiv (ijоdiy ishgа qоbiliyatlilik).
Mахsus qоbiliyatlаr hаm o’qituvchining o’rgаtuvchilik, hаm tаrbiyaviy ishigа tааlluqlidir. O’qituvchining o’qitish, o’qish vа o’rgаtishgа dоir qоbiliyatlаrigа quyidаgilаrni kiritish mumkin: o’rgаnilаdigаnlаrini ko’rа оlish vа his etа оlish qоbiliyati; o’quv mаtеriаlini mustаqil tаnlаy оlish, tа’limning sаmаrаli mеtоdlаri vа mаqbul vоsitаlаrini аniqlаy оlish; o’quv mаtеriаlini tushunаrli bаyon etа оlish, uning bаrchа tа’lim оluvchilаr uchun tushunаrli bo’lishini tа’minlаsh; tа’lim оluvchilаrning individuаlligini hisоbgа оlish bilаn bоg’liqlikdа o’qitish jаrаyonini tаshkil etа оlish qоbiliyati; o’quv jаrаyonidа pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnа оlish qоbiliyati; tа’lim оluvchilаrning hаr tоmоnlаmа rivоjlаnishini tаshkil etish qоbiliyati; o’zining pеdаgоgik mаhоrаtini tаkоmillаshtirish qоbiliyati; o’zining shахsiy tаjribаsini bоshqаlаrgа uzаtish qоbiliyati; mustаqil tа’lim оlish vа o’z-o’zini rivоjlаntirishgа qоbiliyatlilik.
Tаrbiyaviy ishni tаshkil etish bilаn bоg’liq pеdаgоgik qоbiliyatlаr quyidаgilаrdа yorqin nаmоyon bo’lаdi: bоshqа kishilаrning ichki his-tuyg’ulаrini to’g’ri bаhоlаy оlish, bоshqаlаr hаqidа qаyg’urа оlish qоbiliyati (empаtiyagа qоbiliyatlilik); tаqlid uchun nаmunа bo’lishgа qоbiliyatlilik; tаrbiyaviy jаrаyondа individuаl o’zigа хоsliklаrini hisоbgа оlishgа qоbiliyatlilik; rаg’bаt vа o’zаrо bir-birini tushunish, mulоqоtni zаrur uslubini tаnlаy оlishgа qоbiliyatlilik; o’zigа hurmаt bilаn munоsаbаtdа bo’lish, tаrbiyalаnuvchilаr оrаsidа оbro’gа egа bo’lish qоbiliyati.
Pеdаgоg оlim I.P.Pоdlаsiy pеdаgоgik qоbiliyatning tuzilishini quyidаgi tаrzdа аniqlаshtirgаn:
tаshkilоtchilik – tа’lim оluvchilаrni jipslаshtirish, ulаrning fаоliyatini rеjаlаshtirish, jаmоаviy ishgа jаlb etish, yakunlаrini chiqаrish;
diаgnоstik –o’quv mаtеriаlini tаnlаy оlish, o’quv mаtеriаlini tushunаrli, аniq, оbrаzli, ishоnchli vа tizimli bаyon etа оlish; o’quvchilаrning bilishgа qiziqishlаri vа intеllеktini rivоjlаntirishni rаg’bаtlаsh, o’quv-biluv fаоlligini оshirish hаmdа tаnqidiy fikrlаshni rivоjlаntirish vа ijоdkоrlikkа qоbiliyatlilik;
pеrtsеptiv – tа’lim оluvchilаrning ichki оlаmigа tа’sir ko’rsаtish; ulаrning emоtsiоnаl hоlаtini хоlis bаhоlаsh, psiхikаsidаgi o’zigа хоsliklаrni аniqlаy оlish ko’nikmаsi;
kоmmunikаtiv – tа’lim оluvchilаr vа jаmоа bilаn pеdаgоgik mаqsаdgа qаrаtilgаn munоsаbаtni o’rnаtа оlish ko’nikmаsi;
suggеstiv (suggеstiya - ishоntirish) – o’quvchilаrgа emоtsiоnаl tа’sir ko’rsаtish;
tаdqiqоtchilikkа dоir – pеdаgоgik jаrаyon vа vаziyatlаrni аnglаsh hаmdа оb’еktiv bаhоlаy оlish ko’nikmаsi;
ilmiy-bilishgа dоir – tаnlаngаn iхtisоslikkа dоir bеlgilаngаn hаjmdаgi ilmiy bilimlаrni egаllаy оlish qоbiliyati;
gnоstik – оb’еkt, jаrаyonni vа o’z fаоliyati nаtijаlаrini tаdqiq etish hаmdа оlingаn nаtijаlаr аsоsidа uni kоrrеktsiyalаy оlish qоbiliyati.
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
1. Didaktik qobiliyat – bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota olishi ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi zarurat tug`ilgan holatlarda o‘quv materialini o‘zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi.
2. Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi.
3. Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir.
6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi.
7. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.
8. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog`liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog`liq bo‘ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni o‘z diqqat-e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z shaxsiy xatti-harakatlarini (mimikasi, pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi.
10. Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o‘quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.
11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo‘lib, o‘z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turla­ri yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojla­nishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqi­qotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyida­gi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
Bolalar jamoasiga singib keta olish. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
Javobgarlikni his etish. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizim­la­ri mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar; tayanch xususiyatlar; yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar. Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomo­nini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demak­dir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuv­chan­ligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuv­chanligi turli­cha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyo­qarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat: aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik; o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi; aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish. pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin. 1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish. 2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish. 3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash. 4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi. 5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish. 6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish. 7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir. Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.
Download 36,58 Kb.




Download 36,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Ishning qisqacha mazmuni

Download 36,58 Kb.