|
3-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligining shakllanishiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar Reja
|
bet | 3/7 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #144561 |
Bog'liq 3-МАЪРУЗА МАТНИ4. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
5. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova, va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi
(1-rasm):
1-rasm. Pedagogik kompetentlikning
muhim tarkibiy asoslari (A.K.Markova)
3. Pedagogning kasbiy kompetentligi.
O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi
(42- rasm):
2-rasm. Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari (B.Nazarova)
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini ivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi
O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
- kasbiy BKMni takomillashtiribborish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
Pedagogning o‘z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular
(3-rasm):
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy kompetentligining shakllanishiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar Reja
|