Bu bosqich bo’yicha ham yana loyiha hujjatlariga tuzatish kiritiladi va bosh
seriya(nazoratdagi)ni ishlab chiqish uchun ishchi xujjatlar ishlab chiqiladi.Xujjatlar
asosida buyimlar ishlab chiqarishni oxirgi qayta ishlangan va tekshirilgan ishchi
to’liq texnologik jarayonni yoritilgan xujjatlari tuziladi
Sertifiqatsiya
— Bosqich ishi davomiyligi tugallanadi,loyihalash faoliyatiga
yakun yasaladi loyihalash xujjatlarini ishlash jarayoni echiladigan masalani
murakkabligiga qarab bir qancha bosqichlarni birastirish mumkin.
Texnik
topshiriq va texnik loyiha birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarit(ITI), texnik taklif va
eskiz loyiha—tajriba –konstruktorlik ishi (TKI).
Xar qanday masala uni fikirlash va dastlabki ma’lumotlarni
aniqlashtirishdan boshlanadi. Buyritmachi texnik talab (TT) berishidan boshlanadi,
mutaxassis bo’lmagan istemolchi tomonidan boshlanadi,
u har doim ham aniq
bo’lmaydi.
Talabni predmetli til soxasiga keltiriladi, uni aniqlashtiriladi, uning kerakli
echimlari asoslanadi Texnik topshiriq (TT), — birinchi va ishning majburiyatli
bosqichi. Bajaruvchi buyritmachi bilan birgalikda bajaradi.
Bu bosqich
mashinasozlikda tashqi loyihalash deb ataladi. Bosqichning asosiy natijasi sifat
ko’rsatkichlari tizimi hisoblanadi.
Keyingi bosqichda ichki loyihalash paydo bo’ladi. Bu echim topishga
qaratilgan va ishlovchi tomonidan bajariladi. Tasir omilini s
int
ez qilish bosqichiga
kiradi.
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani
ishlab chiqish jarayonini
bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va
operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi
bilan chambarchas
muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi
vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi
va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va
masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.