Vazifasi bo‘yicha DMKlar umum tizimiy DMKlarga va bazaviy DMKlarga
bo‘linadi; bazaviy DMKlar o‘z navbatida muammoga yo‘nalgan va ob’ektga
yo‘nalgan DMKlarga bo‘linadi.
Dasturiy-texnikaviy kompleks DMKlarning texnikaviy ta’minotning
komplekslari va (yoki) komponentlari bilan o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo‘yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy
hisoblash komplekslari (MHK)ga bo‘linadi.
Vositalar komplekslari o‘zlarining hisoblash va informatsion resurslarini
birlashtirib nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash
tarmoqlarini tashkil
qilishi mumkin.
Dasturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va texnikaviy
ta’minot turlarining komponentlari vositalar komplekslarining
tarkibiy qismi
hisoblanadi.
ALTVK funktsiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga
kiruvchi komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o‘zaro moslashuvini
ta’minlagan holda ishlab chiqish hisobiga erishilishi kerak.