3-TAJRIBA ISHI
MАVZU: MEVA - SABZAVOTLARNI QURITISHDA XOM - ASHYO
SIFATIGA QO‘ YILADIGAN TALABLAR.
Mashg’ulotning maqsadi. Talabalarni xom-ashyoga
dastlabki ishlov berishning
tayyor mahsulot sifatiga ta’sirini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Kuzgi va qishki nav olmalar (1-4 nav);
konsentratsiyasi 0,15% bo‘lgan sulfid kislota eritmasi; 5-7 % li askorbin kislotasi; 4-5 %
li limon kislota; 10 kg gacha bo‘lgan siferblat tarozi, 0,2 kg gacha bo‘lgan texnik tarozi;
alyuminli yoki chinni chashka, pichoq, alyumin
yoki emallangan kastryul, elektroplitka
yoki
gaz plitasi, laboratoriya quritgichi yoki quritish shkafi,
deraza oynasi, oq qog‘oz,
quritilgan mevalaming standarti.
Ishning nazariy asoslari: Meva-sabzavotlarni quritishda xom-ashyoni,
texnologik
jarayon va chiqayotgan tayyor mahsulotni tartibli nazorat qilib borish zarurdir. Xom-
ashyoni to‘g‘ri qabul qilish va saqlash yo‘qotishlarning kamayishiga va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichini ortishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan xom-ashyoning sifat ko‘rsatkichlari uni tayyorlashda belgilanadi va
bunda standart talablarga tayaniladi.
Qabul qilingan mahsulotlarning laboratoriya tahlili
Maxsulotlarni qayta ishlash uchun korxonaga qabul qilishda eng asosiy omillardan
biri bu maxsulot tarkibi va orgonoleptik (xidi, rangi va ta’mi) ko‘rsatkichlari xisoblanadi.
Maxsulotlarni tarkibidagi qand va kislotalarini bir necha usullar yordamida aniqlanadi.
Ph metr, laknus qo-ozlar, binokullardan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali aniqlangan va
ko‘rsatkichlari orqali meva va sabzavotlar tarkibidagi
qand va kislota miqdorlari
aniqlanib quritish uchun tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rsatkich shkalalari parametrlariga mos
kelmagan maxsulotlar quritish uchun yoki qayta ishlash uchun tavsiya etilmaydi. Agarda
quritish uchun olib kelingan maxsulot texnik davrda yetilib pishgan maxsulot bo‘lsa
quritilgan maxsulot xam yuqori sifatli eksportbob maxsulot olishga erishiladi.
Bundan tashqari biz maxsulotlarni quritish syexida quritish uchun tavsiya etilgan
maxsulotlarni shakli va tarkibini boyitish maqsadida maxsulotlarga eng oliy darajaga ega
bo‘lgan faol vitamin va moddalarda foydalandik ya’ni limon kislotasining 5-7-21 %
gacha bo‘lgan konsentrasiyalari va askorbin kislotasining 3-4-5-7 % gacha bo‘lgan
konsentrasiyalaridan foydalaniladi. Biz parashok ko‘rinishdagi askarbin kislotasining 10
litr iliq suv uchun 500-700 gr gacha qo‘shib yaxshilab aralashtirib maxsulotlar 5-10
minutgacha ushbu eritmaga solindi va quritish kamerasiga 1-lentaga lenta tezligini 25-30
tezlikda maxsulotlar joylashtirildi.
Lentaga mahsulotlarni quritish uchush joylashtirishdan oldin 1 va 2-lenta setkalari
yaxshilab yuvilib so‘ngra quritiladi. Agar Lentaning tozaligi inobatga olinmasa mahsulot
issiqlik ta’sir ettirilib quritish davrida maxsulot tarkibidagi shira va kislotalari lentadagi
boshqa maxsulot bilan yopishish orqali maxsulotlarni sifatiga juda katta salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va iqtisodiy jixatdan zarar keltirishga olib keladi.