bu yerda,
a - butun mevalarning og‘irligi, kg;
b - chiqindilarning og‘irligi (po‘sti, urug‘ kamerasi, dumchasi va b.), kg;
100 - foizga o‘tkazish koeffitsiyenti.
Misol. Butun olmalarning og‘irligi 3 kg, chiqindilarning og‘irligi 0,6 kg. Butun
mevaga nisbatan chiqindining miqdori quyidagini tashkil etadi
х = 06 • 100 = 20%.
Tozalangan olmalar tortiladi va uchta teng qismlarga bo‘linadi. Bir qism olmalar
tahlil idishlarga qo‘yiladi va hech qanaqangi ishlovsiz quritiladi (nazorat uchun),
ikkinchisi – maxalliy sharoitda turli savatcha yoki doka xaltachalarga solinib qaynoq
suvda 5 minut blanshirlanadi, sanoatda quritish kameralarida birlamchi ishlov beriladi va
quritiladi. Uchinchi qism mevalar konsentratsiyasi 0,15% bo‘lgan sulfid kislota 1...2
minut ushlab turiladi. So‘ngra ustidagi kislota eritmalari sirqitilib turlarga solib
quritgichda quritiladi. 1 m
2
padnoslarga 3...5 kg tayyorlangan olma hisobida
joylashtiriladi. Quritish kamerasidagi harorat 80...85
0
С va oxiridagi harorat 60
0
С dan
yuqori bo‘lmasligi lozim. Quritish jarayonining davomiyligi 5...12 soat. Talab
qilinadigan harorat miqdori quritish shkafidagi termoregulyator orqali boshqariladi.
Quritish jarayonida maxsulotlar kamera ichidan xar soatda 1...2 marta va namligi
standartga muvofiq maxsulot turiga va kritik namligiga qarab 8-20% ga kelguncha
quritiladi. Quritilgan maxsulotlar stelyaj setkalardan almashtirib ko‘rilganda yopishib
qolmasligi kerak. Tayyor mahsulotning aniq namlik miqdori maxsus tahlillar orqali
aniqlanadi.
Quritilgan maxsulotlarning har bir qismi alohida tortiladi va ishlov berulguncha
bo‘lgan og‘irligiga nisbatan tayyor mahsulot miqdori (%) quyidagi formula bo‘yicha
topiladi:
X = £•100,
bu yerda,
a - maxsulotning ishlov berilguncha bo‘lgan og‘irligi, kg; b - quritilgan olmaning
og‘irligi, kg;
100 - foizga o‘tkazish koeffitsiyenti.
Quritilgan maxsulotning sifati «quritilgan mevalarning sifatini aniqlash» usuli
bo‘yicha aniqlanadi.
Mashg‘ulotni bajarishda talabalar guruxlarga bo‘linib turli pomologik navlardagi
mevalardan olmalarni bo‘laklarga bo‘lib, po‘stlog‘igi tozalanib yoki tozalanmasdan,
hamda ishlov berib yoki ishlov bermasdan quritish jarayonini amalga oshiradilar.
Mashg‘ulot oxirida xar bir pomologik navdan olingan mahsulot sifati, tayyor mahsulot va
chiqindilar miqdori taqqoslanadi.
Olib borilgan tajriba natijalari asosida har bir pomologik nav va quritish usuli
natijasida olingan tayyor mahsulotning sifatining bir biridan afzalligi va kamchiliklari
bo‘yicha xulosa qilinadi.
3.1-rasm. Standart sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan assortiment quritilgan
|