O‘riklar
87
68,6
8,2
294,4
Kartoshka
89
71,7
5,2
315,6
Sabzi
86
53,0
11,8
265,7
Piyoz
88
43,3
20,6
261,7
Xom-ashyo namligi tahlil uchun olingan o‘lchamlarni quritish shkafida doimiy
massagacha quritish yoki maxsus asboblar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo miqdoriga quritish
jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar miqdori ham ta’sir etadi. Shuning uchun
quritilgan meva-sabzavotlarni ishlab chiqarishda chiqindilar miqdorini oldindan aniqlash
maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Standart talablar bo‘yicha xom-ashyo va tayyor mahsulot tarkibidagi namlik, quruq
moddalar, hamda chiqindilar miqdorini bilgan holda mahsulotni tayyorlashdan oldin yoki
tayyorlash jarayonida bir tonna tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan
xarajatlarni taxminiy xisoblash mumkin.
100* C
2
X
=
-----------------
2
----
(100 -
A)* C
1
’
bu yerda:
x - 1 tonna tayyor mahsulotga zarur xom-ashyo sarfi, t.,
C
1
- xom-ashyo tarkibidagi quruq moddalar miqdori, %,
C
2
- tayyor mahsulot tarkibidagi quruq moddalar miqdori, %,
А - ishlab chiqarishda chiqindilar va yo‘qotishlar miqdori, %.
Texnologik jarayonni nazorat qilishni tashkil etish xom-ashyoning yo‘qotilishini,
yoqilg‘i va elektroenergiya sarfini va ishchi kuchidan foydalanishni minimallashtirish
orqali yuqori sifatli mahsulot olish uchun zarurdir. Bunda xom- ashyoni yuvish, tozalash,
archish, blanshirlash, sulfitatsiyalash, quritish, navlash, qadoqlash sifatlari, yo‘qotishlar
va chiqindilarning chiqish miqdorini aniqlash, ishlab chiqarish uskuna va asboblarning
sanitariya xolati nazorat qilib boriladi.
Topshiriq. Quritishga tayyorlash davomida chiqitga chiqishni va dastlabki
mahsulotga nisbatan tayyor mahsulot chiqishini aniqlash. Quritilgan mahsulotlarning
sifatiga xom-ashyoni blanshirlash, oltingugurt dioksidlari, askorbin kislota va limon
kislotasi bilan ishlov berishning ta’sirini aniqlash.
Topshiriqni bajarish. Laboratoriyada 3 kg olmaning bir xil kuzgi pomologik
navidan tortib olinadi va ularni quritishga tayyorlanadi, ya’ni tozalanadi, yuviladi, 5...6
mm qalinlikda doira holida kesiladi. Chiqindilari yig‘iladi, tarozida tortilib umumiy
massaga nisbatan ularning miqdori (%) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
X = a*b±•100,