3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlari Mundarija




Download 2,73 Mb.
bet12/19
Sana14.05.2024
Hajmi2,73 Mb.
#233270
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlari

Zarralar tizimi birinchi marta 1983 yilda Tiv tomonidan bulutlar, olov kabi noaniq shakldagi ob’ektlarni modellashtirish uchun kiritilgan. Odatda, zarralar tizimi – bu animator tafakkurida paydo bo‘ladigan, yashaydigan va ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘qoladigan (umri tugaydigan) elementlar to‘plamidan tashkil topgan ob’ektdir. O‘ziga xos zarralar tizimi elementlari quyidagi parametrlarga ega:
o‘rni, vaziyati;
- tezligi;
- o‘lchami;
- rangi;
- shaffofligi;
- shakli;
- yashash muddati.
Zamonaviy grafik tizimlar imkoniyatlari nafaqat sanab o‘tilgan parametrlarni, balki undan ko‘prog‘ini nazorat qilish imkoniga ega. Bundan tashqari ular oldindan o‘rnatilgan effektlarga ham, misol uchun, Fire (olov), Flow (oqim), Smoke (tutun) va boshqalarga ega. Protsedurali modellashtirish yoki funksiya yordamida modellashtirish sodda va tushunarli parametrli yagona model yordamida ob’ektlarning katta sinfini yaratishga imkon beradi. Ob’ektlarni yaratish va ularni boshqarishning protsedurali modeli kompyuter grafikasining ko‘pgina muammolarini yechish uchun o‘rinli, xususan, sahna animatsiyasi uchun. Ob’ektga tekstura berishda protsedurali model tasvirning har bir detalini to‘liq nazorat qilishga imkon beradi. Tipik misol – gradient teksturani lozim topilganda olib tashlash yoki qo‘shish mumkin. Olamda hech narsa – odamlar ham, tabiat ham, bizni o‘rab turgan predmetlar ham mukammal emas. Biroq bu nomukammallik
ko‘zni quvontiradi
Reallikka to‘liq mos tushuvchi olamni tasavvurga keltirishda hamma joyda – tabiat yaratgan ob’ektlarda ham, inson tomonidan yaratilganlarida ham tartibsizliklar mavjudligini hisobga olish lozim. Mukammal buyumlar faqat kompyuter grafikasi olamida mavjud. Biroq, aynan kompyuter tasvirlarining ideal ko‘rinishi dizaynerlar oldidagi muammolardan biri hisoblanadi. Tartibsizlikning muhim xarakteristikasi – uning tasodifiylik tabiatidir. Uni tasvirlashning eng sodda yo‘li – tasodifiy funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy paketlarda ham, amaliy dasturlash tillari kompilyatorlarida ham oldindan aniqlangan tasodifiy funksiyalar mavjud. Bu imkoniyat tasvirlarda tasodifiy tartibsizliklarni qo‘shishda muhim ahamiyatga ega.
3D Studio MAX da ob’ektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni ko’rish maydoniga keltirganingizda kursor shakli uzgaradi. Sichqoncha yordamida ob’ektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’ektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Ob’ekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki gadir-budir sirt berishingiz mumkin.
Kurish maydonida yaratilgan ob’ektlarni xarakatlantirib, kichik animastiya xosil kilish mumkin. Buning uchun {Animastiya} tugmasini bosib, kadrlarni uzgartirgan xolda ob’ektni xarakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animastiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animastiya xosil bo’ladi. Bu yaratilgan animastiyani fayl ko’rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi

Download 2,73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 2,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlari Mundarija

Download 2,73 Mb.