• Uslubiy ko’rsatma
  • / 2.2 3D STUDIO MAX dasturida ishlash mavzusida amaliy mashg’ulotlarni bajarish




    Download 2,73 Mb.
    bet13/19
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,73 Mb.
    #233270
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
    Bog'liq
    3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlari

    /


    2.2 3D STUDIO MAX dasturida ishlash mavzusida amaliy mashg’ulotlarni bajarish



    Uch o‘lchovli modellashtirish, animatsiyalar yaratish va vizuallashtirishda 3D Studio Max dasturi dasturiy ta‘minotlar bozorining etakchisi hisoblanadi.
    3D Studio MAX dasturining yangi versiyalari yanada takomillastirilgan imko-niyatlarni taqdim etadi, qaysikim uch o‘lchovli modellar va animatsiyalar yaratuv-chilarning o‘sib kelayotgan ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. 3D Studio MAX ochiq arxitekturasi animatorlarga 100 dan ortiq qo‘shilgan ilovalaridan oson va tezkor foydalanish imkoniyatlarini beradi. Ularda 3D Studio MAX SDK yorda-mida hatto o'z dastur modul-ilovalaringizni yaratishingiz va shu orqali ularning ijod uchun original ko'rinishga ega bo'lishini ta‘minlash mumkin.
    Uch o‘lchovli grafika 3D Studio Max dasturi quyidagi sohalarda keng qo‘lla-nilisi mumkin: arxitektura-loyihalash ishlarida; - telebideniya uchun reklama va ilmiy-ommaviy roliklarni tayyorlashda; - kompyuterli multfilmlar va badiiy animatsiyalarda(maxsus effektlar, fantastic hayvonlar va boshqalarda) - kompyuter o‘yinlarida; - kompyuter grafikasi va Web-дизайнdaMazkur uslubiy ko‘rsatma talabalarning «Informatika va axborot texnolo-giyalari» fanidan «3D Studio MAX dasturida ishlash» mavzusida amaliy mashg‘ulotlarni bajarishlari uchun mo‘ljallangan. Kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik tizimi muhitidan iborat bo‗lgan 3D Studio MAX dasturidan foydalanishning boshlang‘ich uslubi taklif etilgan. Uslubiy ko’rsatma institutning barcha ta‘lim yunalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilish-ning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mum-kin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob‘yektlarni qo‘llashingiz mumkin.
    Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma‘lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
    3D Studio MAX da ob‘yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Bu-ning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‘yektning o‘lchovlarini berasiz.
    Yaratilgan ob‘yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin.
    Ob‘yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‘ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi.
    Qurish maydonida yaratilgan ob‘yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob‘yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp‘yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    / 2.2 3D STUDIO MAX dasturida ishlash mavzusida amaliy mashg’ulotlarni bajarish

    Download 2,73 Mb.