|
3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlari Mundarija
|
bet | 11/19 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,73 Mb. | | #233270 |
Bog'liq 3Ds Max dasturda kameralar bilan ishlashning qo’shimcha imkonyatlariII BOB 3DS MAX dasturida ishlash
2.1 3DS MAX dasturida veziuallashtirish va maxsus effektlar o’rnatish
Maxsus effektlar
Animatsion effekt yaratuvchilardan vaqt, sabr, kuzatuvchanlik, va yaxshigina estetik did talab qilinadi. Raqamli effektlar bilan shug‘ullanadiganlardan texnik tajriba va chuqur matematik bilim, xususan kompyuter grafikasining matematik asoslarini bilish talab qilinadi. Matematik bilimlar – muvaffaqiyatli ishning zaruriy shartidir. Tabiat xodisalari va tabiiy ofatlar effektlari, masalan: suv, yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir), tornadolar, dovullar, shamol, tuman, yong‘inlar, turli ko‘rinishdagi portlashlar, vulqonlar otilishi, zilzilalar va boshqalar. Aslida mavjud bo‘lmagan personajlarni yaratish (ajdarlar, dinozarvlarni, o‘zga sayyoraliklarni, sexrli mavjudotlarni, ruhlar, jin, alvastilar va boshqalar). Kompyuter yordamida peyzajlar va dekoratsiyalar yaratish (dekoratsiya qismlari, boshqa planetalar sirti va peyzajlari, koinot kengliklari, turli o‘ylab topilgan landshaftlar).
Kompyuter animatsiyasi (to‘lig‘icha kompyuter vositasida yaratilgan animatsion filmlar). Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alo-hida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D - tekislik uch o`lchovli grafika maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D - grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o`lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o`lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi.
Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik ob`ekt-larga bo`lish mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so`z bilan aytganda - mavjud borliq ob`ektlari.
Nogeometrik ob`ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to`g`ri yoritish), ob`ektlarga ta`sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan gravi-tasiya yoki shamol esishi) va hokazolar.
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob`ektlar aynan (chiziqlar va sirtlar ko`rinishda), nogeometrik ob`ektlar esa oraliq (soyalar, tezla-nish va hokazo ) ko`rinishda namoyon bo`ladi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma‘lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin
1-rasm
Kompoziting - oddiy usulda tasvirga olingan kinotasvirlarga kompyuter effektlarini yoki kompyuter yordamida yaratilgan alohida elementlarni kiritish.
|
| |