4- mavzu: gapning modal aspekti




Download 46.5 Kb.
bet1/3
Sana03.04.2024
Hajmi46.5 Kb.
#185945
  1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU. GAPNING MODAL ASPEKTI-2
avtoklav loyihasi

4- MAVZU: GAPNING MODAL ASPEKTI
REJA:

  1. Predikativlik va modallik.

  2. Mantiqiy va grammatik modallik.

  3. To‘ldiruvchili yoyiq gaplar semantikasi.

  4. Holli yoyiq gaplar semantikasi.

  5. Predmetning murakkab nomlari (deskripsiya va uning tuzilishi).

Modallik gapning asosiy birligi, gap semantikasining eng muhim komponentidir. Tilshunoslikda modallik deganda, odatda, gap mazmunining obyektiv borliqqa munosabati va so‘zlovchining gap mazmuniga bo‘lgan munosabati tushuniladi. Modallik kategoriyasiga gap modalligini ta’minlashda xizmat qiladigan xilma-xil vositalar kiritiladi. V. Z. Panfilov ta’kidlaganidek, juda ko‘p mualliflar tomonidan modallik kategoriyasi tarkibiga o‘z mohiyati jihatidan: funksional vazifasi, til tuzilishiga mansubligi jihatidan xilma-xil bo‘lgan ma’nolar kiritiladiki, natijada bu kategoriya ma’lum aniqlikdan mahrum bo‘ladi. Bu esa hatto modallikning alohida til kategoriyasi sifatida mavjudligini ham shubha ostiga qo‘yadi. Jumladan, I. P. Raspopov modallik haqida fikr yuritib, sof grammatik ma’nodagi kategoriya sifatida hech qanday modallik kategoriyasi mavjud emas, deydi. Uning fikrncha, modallik kategoriyasi haqida zmas, balki gapning modal sifati haqida gapirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. T. P. Lomtev ham bu kategoriyaga nisbatan xuddi shunga o‘xshash fikr bildiradi. Uning fikricha, modal xarakteridagi grammatik kategoriya “bir grammatik modal kategoriyani emas”, balki bir sistemani tashkil etadi.


Modallik haqidagi bunday fikrlar tasodifiy emas, albatta. Modallikning an’anaviy talqiniga ko‘ra, darhaqiqat, uni ta’riflash juda qiyin.
Modallik ma’nosi til sistemasining turli sathlarida kuzatiladi. Modallikni ifodalovchi vositalar ham rang-barangdir. Tilshunoslikda bu vositalarni aniqlashning yagona metodikasi bo‘lmaganligi tufayli, modallik ifodalovchi vositalar turli tillar materiallari asosida turlicha ajratilmoqda. Jumladan, N. Yu. Shvedovaning fikricha, modallik vositalariga mayl, gapning alohida konstruksiyalari, intonatsiya, so‘z tarkibi, takror, yuklama, undov, kirish (modal) so‘zlar va gaplar mansubdir.
Turkiy tillar materiallari asosida, asosan, quyidagi modallik vositalari ajratiladi: mayl, zamon va shaxs qo‘shimchalari, gapning alohida qurilmalari, yuklamalar, so‘z tartibi, intonatsiya, yuklama vazifasidagi so‘roq olmoshlari, undalmalar, kirish so‘z va gaplar.
Ko‘rinib turibdiki, bu kategoriya ostida xilma-xil vositalar: morfologik (mayl, zamon, shaxs affikslari), leksik (so‘zlarning turli guruhlari), sintaktik (alohida gap qurilmalari, so‘z tartibi, takror va fonetik vositalar (intonatsiya) kiritiladi. Bir kategoriya ostiga bunday xilma-xil vositalarning birlashtirilishi tilshunoslar o‘rtasida, tabiiy ravishda, ayrim e’tirozlarning tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi. Shuning uchun ham bu vositalarni birlashtiradigan bir umumiy belgi topishga harakat qilinadi. Bu vositalarning hammasi o‘z funksiyasini gap ichida (gap sathida) ko‘rsatadi. Ana shu belgi, ya’ni sintaktik belgisi yuqoridagi vositalarni birlashtirishga ma’lum darajada asos bo‘ldi. Shunga ko‘ra modallik vositalarini ham: 1) konstruktiv-sintaktik; 2) morfologik-sintaktik; 3) intonatsion-sintaktik guruhlarga ajratish mumkin. Barcha modal ma’nodagi vositalarga sintaktik maqom berilishi bu vositalarning tuzilishi umumiyligini ko‘rsatish uchun asos bo‘ladigandek tuyuladi. Ammo, ma’lum bir o‘rinda birlashtirishga asos bo‘lgan bu sintaktik belgisi modal vositalar farqlanishida o‘z quvvatini yo‘qotadi. Shuning uchun ham R.G.Sibagatov modallik kategoriyasini belgilashda turli sathlilik kategoriyasiga asoslanish lozimligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, tilshunoslikda turli sathlilik kategoriyasi mavjud bo‘lib, bu kategoriyani turli sathga oid birliklarning bir umumiy tushuncha atrofida birlashishi hosil qiladi. Turli sathlilik kategoriyasining mazmuni - bu butun bir semantik soha bo‘lib, bir-biridan farq qiluvchi va shu bilan birga bir tushuncha ostiga birlashgan grammatik va leksik ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan, modallik kategoriyasi ifoda planiga ko‘ra haqiqatan ham turli sathlilik kategoriyasiga mansubdir. Turli sathga oid birliklar bir tushuncha - modallik tushunchasi ostiga birlashadi. Demak, modallik kategoriyasi til kategoriyasi sifatida obyektiv mavjuddir.
Modallikning umumiy ta’rifiga tilshunoslikda ma’no plani nuqtai nazaridan yondashiladi, ya’ni munosabat belgisi e’tiborga olinadi. Ammo V.3.Panfilov ta’kidlaganidek, tilshunoslikda bu kategoriyaning mohiyati, uning fikr modalligi munosabati, gap modalligining tiplari, modallikning predikativlikka munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim masalalar bo‘yicha bir xillik yo‘q.
Gapning nominativ aspekti tarafdorlari gapni ikki qismga diktum va modusga ajratadilar. Diktum-bu sintaktik qurilma ifodalaydigan obyektiv mazmun, ya’ni propozitsiyadir. Ma’lum sintaktik qurilmaning gap bo‘lib shakllanishi uchun faqat diktumni (propozitsiyani) ifodalashgina etarli bo‘lmaydi. Sh.Ballining fikricha, modus qo‘shilgandagina gapga aylanadi. Demak, modus gapning eng muhim qismidir, usiz gap shakllana olmaydi, chunki modallnkni aks ettira olmaydi. U jumlaning diktumdan boshqa barcha xususiyatlarini modusga kiritadi. Shuning uchun ham Fillmor jumla formulasini S = M + R (S — jumla, M —modallik, R — propozitsiya) (diktum) tarzida ko‘rsatadi. Bunday tushunishda kommunikatsiyaning turlari hisoblangan darak, so‘roq, buyruk, ma’nolari, emotsional ma’nolar, subyektiv — modal ma’nolar va boshqalar modus hisoblanadi. Modallik V, V. Vinogradovning 1950 yilda e’lon qilingan “O категории модалности и модалных словах в русском языке” maqolasida ham shunday keng talqin qilindi va uning bu konsepsiyasi sovet tilshunoslngidagi modallik muammosi yuzasidan qilingan keyingi tadqiqotlarga ham juda katta ta’sir qildi. V. V. Vinogradov va uning izdoshlari tomonidan modallik ostida: 1) kommunikativ ma’no turlari: darak, so‘roq, buyruq ma’nolari bo‘yicha farqlanadigan gap turlari, 2) tasdiq va inkor bo‘yicha farqlanadigan gap turlari, 3) gap mazmuniga so‘zlovchining hissiy munosabati va boshqa bir qator ma’nolar birlashtiriladi.
T.B.Alisova Sh. Ballining diktum va modus haqidagi fikrini davom ettirib, modallik xaqida shunday deydi: “Har qanday jumlaning predikativ tabiati ikki sathdan tashkil topadi: birinchisi denotat (diktum)ning subyekt — predikat munosabatini aks ettirsa, ikkinchisi bu munosabatga so‘zlovchining munosabatini ifodalaydi. G.A.Zolotova uchinchi tip modal munosabatlari — harakat va uning agensi o‘rtasidagi munosabatni ajratadi. Birinchi tip munosabat (obyektiv modallik)— bu jumla mazmunining borliqqa reallik-noreallik, muvofiq kelish yoki muvofiq kelmaslik nuqtai nazaridan munosabatdir. Ikkinchi tip munosabat (subyektiv modallik)—bu so‘zlovchining jumla mazmuniga ishonch, gumon, aniqlik-noaniqlik, rozilik kabi munosabatlaridir. Uchinchi tip modallik esa o‘z ichiga mumkinlik, istak, zarurlik kabi ma’nolarni oladi. Birinchi tip modallikning asosiy ifoda vositasi mayl kategoriyasi, ikkinchi tipniki - kirish (modal) so‘zlar, uchinchi tipniki esa kesimga (predikatga) qo‘shiladigan holat kategoriyasi (Shcherba) hisoblanadi. Birinchi tip modallik gapning zaruriy belgisi, modallikning qolgan tiplari esa gapning fakultativ belgisi ekanligi ko‘rsatiladi. Shunday qilib, modallikning mazmun plani ham bir umumiy belgining yo‘qligi uning ichki butunligiga putur etkazadi. Modallik kategoriyasining yuqoridagi tiplarini ajratishda eng muhim narsa — subyektiv tomonga e’tibor kam jalb qilinadi. Xuddi shu subyektiv tomon birlashtiruvchi belgi vazifasini o‘tashi mumkin. R.G.Sibagatov modallik, birinchi navbatda, so‘zlovchining reallikka bo‘lgan munosabatining aks etishidir, deb to‘g‘ri ta’kidlaydi.
Uning fikricha, modallikning mazmun plani uchun so‘zlovchi munosabatini birlashtiruvchi belgi sifatida asos qilib olish kategoriya butunligini saqlaydi.
Modallikiing munosabat ifodalashini hamma e’tirof etadi. Munosabat esa shu munosabatga kirishuvchi ma’lum elementlarning bo‘lishini taqozo etadi. Tilshunoslikda o‘zaro munosabatda bo‘lgan elementlar masalasi o‘zining aniq talqinini topgan emas. Shuning uchun munosabatning o‘zi ham shu kunga qadar noaniq bo‘lib keldi.
Obyektiv modallik deganda, odatda, gapda ifodalangan mazmunning reallikka bo‘lgan munosabati tushunilar ekan, demak, uning sxemasi quyidagicha: gap mazmuni- reallik. Bu o‘zaro ma’lum munosabatga kirishuvchi ikki elementdir. Munosabat esa elementning qismiga ham, elementlar yig‘indisiga ham teng emas.
Munosabat mantiqiga muvofiq, munosabat bu ikki o‘rinli (valentli) predikatdir. Demak, u eng kamida uch qismdan tarkib topadi: element- munosabat- element. Obyektiv modallikning yuqoridagi sxemasida (gap mazmuni reallik) “gap mazmuni” munosabatga kirishayotgan elementlardan biri sifatida qatnashmoqda. Ammo munosabatning (modallikning) o‘zi aks etmagan. Bu o‘rinda eng zarur qism “subyekt” yetishmaydi. Shuning uchun ham ayrim tilshunoslar obyektiv modallikni gap mazmunining so‘zlovchi nuqtai nazaridan obyektiv reallikka munosabati sifatida talqin qilib, etishmagan elementni to‘ldiradilar.
Subyektiv modallik ko‘pchilik tilshunoslar fikricha, “subyekt” va “gap mazmuni” elementlarini o‘z ichiga oladi. Uning sxemasi quyidagicha: “subyekt mazmuni”. Bu erda ham zaruriy element, “obyekt” (reallik) aks etmay, qolgan. Demak, subyektiv modallik ham uch a’zo: “subyekt”, “gap mazmuni”, “obyekt” birligidan iboratdir.
Har safar “obyekt” elementi paydo bo‘lishi bilan, ongda darhol “subyekt” elementi ham vujudga keladi yoki, aksincha, “subyekt” elementi paydo bo‘lishi bilan — “obyekt” element ham paydo bo‘ladi, va bu bilan bir vaqtda obyektivga subyektiv ishlov berish mexanizmi ham qo‘shiladi. Bu ishlov berishning mohiyati asos deb olinayotgan narsaning ushbu tafakkur akti predikatiga munosabatini (yoki, aksincha, ikkinchi elementning birinchi elementga munosabatini) belgilashdan iboratdir.

Download 46.5 Kb.
  1   2   3




Download 46.5 Kb.