4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari




Download 1,01 Mb.
bet5/8
Sana16.11.2023
Hajmi1,01 Mb.
#99905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-amaliy mash

4.13-rasm NIIJB shtampi. 1 - dinomometr strubsinasi, 2 - indikator, 3 - gidravlik so‘rg‘ich, 4 - shtamp, 5 - sinalayotgan mahsulot, 6 - sharnirsiz tayanch; 7 - sharnirli tayanch
Mustahkamlikni elastik sakrash usulida baholash betonga elastik tarzda urilgan standart shaklli va massali jismning beton yuzasidan sakrash balandligi yoki zarba impulsi qiymati bilan betonning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi o‘rtasidagi funksional bog‘lanishga asoslangan. Mexanik buzmasdan beton mustahkamligini aniqlash usullari ichida bu usul eng kam mehnat talab qiladigani hisoblanadi. Bunda zarb energiyasi prujinalar yordamida hosil qilinadi. Sakrash qiymati bevosita asbobga o‘rnatilgan shkala yordamida o‘lchanadi.
Zarba impulsi usuli ham betonga ta’sir qilish tavsifiga ko‘ra elastik sakrash usuli bilan bir xildir. Lekin bu usulda asbob harakatlanuvchi qismining beton sirtidan sakrash qiymati emas, balki betonga urilib qaytishidagi kuch impulsi o‘lchanadi. Elastik sakrash usulida ishlaydigan asboblardan biri KM asbobi hisoblanadi (4.14-rasm). Ushbu asbobning asosiy qismi kovak silindr bo‘lib, uning ichiga spiralli prujina 2 joylashgan, prujina ichida tepki 2 li metal sterjen harkatlanadi, asbob uchiga zarb beruvchi moslama 1 o‘rnatilgan.
Zarb beruvchi moslama ikki turdagi uchlikka ega bo‘ladi. Birinchi turdagi uchlik toblangan po‘latdan tayyorlangan qolpoqchadan iborat. Bunda beton mustahkamligi unga urilib qaytgan po‘lat qalpoqchaning elastik sakrash balandligi h orqali aniqlanadi (4.14–rasm, a). Ikkinchi turdagi uchlik sharchadan iborat bo‘lib, bu holda beton mustahamligi beton sirtida zarb ta’sirida qoladigan iz diametri d bo‘yicha aniqlanadi.

4,14-rasm. KM asbobi: a) po‘lat qalpoqchali uchlik; b) sharchali uchlik; 1 – zarb beruvchi moslama; 2 – spiralli prujina; 3 – tepki; 4 – ko‘rsatgich; 5 – shkala; 6 – tutqich; 7 – ilmoq; 8 – tayanch bolt; 9 – dasta
Elastik sakrash va zarba impulsi usullari og‘ir hamda yengil betonlarning mustahkamligini aniqlashda qo‘llaniladi. Sinalayotgan tuzilmaning qalinligi elastik sakrash usulida kamida 100 mm, zarba impulsi usulida esa kamida 50 mm bo‘lishi lozim. Sinov o‘tkaziladigan yuza iloji boricha konstruksiyaning qolipda bo‘lgan qismidan tanlanishi lozim. Aks holda sinov o‘tkaziladigan yuza jilvir bilan tekislanishi va silliqlanishi lozim. Sinov maydoni temirbeton tuzilmaning chetidan 50 mm ichkarida bo‘lishi, shuningdek, po‘lat armaturalardan ham shuncha masofaga uzoqda bo‘lishi lozim.
Mahalliy buzilish usullari eng ishonchli hisoblanib, o‘ta mas’uliyatli binolarning beton va temir beton tuzilmalarining mustahkamligini aniqlashda samarali ishlatiladi. Bu usullarda beton tuzilmasiga oldindan o‘rnatilgan anker tortib olinadi yoki temirbeton tuzilmaning cheti ushatiladi. Ankerni sug‘urib olishga yoki tuzilma chetini ushatishga ketadigan kuch qiymati orqali beton mustahkamligi aniqlanadi. Sinovda standart ankerlar va ushatuvchi moslamalar ishlatiladi.
Ankerni sug‘urish usulida uch turdagi ankerlar qo‘llaniladi. Birinchi tur ankerlar tuzilmaga beton yotqizmasdan oldin o‘rnatiladi, ikkinchi va uchinchi turdagi ankerlar sug‘uruvchi kuch ta’sirida o‘zini ankerlovchi moslamaga ega va betonda parmalangan joyga o‘rnatiladi.
Ankerni betondan sug‘urib olish uchun GPNV-5 va GPNS-4 rusumidagi qo‘l gidravlik press-so‘rg‘ichlar qo‘llaniladi (4.15-rasm).


4.15-rasm. GPNV-5 rusumidagi gidravlik press-so‘rg‘ichning tuzilish sxemasi: I-II-turdagi anker tuzilmasi, 2-mahkamlagich, 3-ishchi sterjenp shtogi, 4-ishchi sterjenp, 5-manometr, 6-dasta, 7-so‘rg‘ich, 8-suyuqlik o‘tkazgich, 9-harakatlanuvchi oyoqcha

Ular yordamida 40-55 kN miqdorida sug‘uruvchi kuch hosil qilish mumkin. Betonning mustahkamligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

R=KmR, (4.3)

bu yerda: K-anker turiga bog‘liq koeffitsient; m – beton tarkibidagi to‘ldiruvchi (chaqirtosh) kattaligiga bog‘liq koeffitsient, agar to‘ldiruvchi o‘lchami 40 mm dan ortiq bo‘lsa - 1,1 ga teng, aks holda 1 ga teng; R - tortib oluvchi kuch miqdori, kN.


Mustahkamligi 10 MPa dan yuqori bo‘lgan og‘ir beton, mustahkamligi 5-40 MPa bo‘lgan yengil beton uchun K koeffitsientning qiymati asbob pasportiga ilova qilinadigan jadvaldan olinadi (4.1-jadval).


Download 1,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari

Download 1,01 Mb.