|
,8-rasm. Burchakli shtrixlangan andoza
|
bet | 4/8 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #99905 |
Bog'liq 4-amaliy mash4,8-rasm. Burchakli shtrixlangan andoza
4.9-rasm. Beton mustahkamligini 28
kunlik yoshida aniqlash grafigi
Beton va etalon sterjenda qolgan iz diametrlari nisbati db/de ga asoslanib, bolg‘acha pasportiga ilova qilinadigan grafik (4.9-rasm) asosida beton mustahkamligi aniqlanadi. Shuningdek, betonning haqiqiy mustahkamligini aniqlash uchun asbob pasportiga mustahkamlikning namlikka, beton yoshiga va izlar soniga bog‘liqlik koeffitsientlarining grafiklari ilova qilinadi (4.10-rasm). Shu asosda betonning real mustahkamligi aniqlanadi. Kashkarov bolg‘achasining afzalliklaridan biri shuki, sinovlarda zarblarning bir xil bo‘lmasligi natijaga aytarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
4.10-rasm. Beton mustahkamligiga tuzatmalar kiritish grafiklari
PMG asbobi ham plastik deformatsiya usulida ishlaydi (4.11-rasm). Mustahkamlik betonda zarb natijasida qoladigan iz o‘lchami (diametri) ga muvofiq aniqlanadi.
4.11-rasm. PMG asbobi: a) tashqi ko‘rinishi; b) asbobning tuzilish sxemasi; 1-sharcha, 2-zarba beruvchi sterjenp, 3-tepki, 4-shtok, 5,9-prujinalar, 6-tishli zashelka, 7-silindrik korpus, 8-vtulka, 10-qopqoq
Asbob bolg‘acha shaklida tayyorlangan bo‘lib, zarba kuchi doimiydir.
Asbobda 2 ta prujina 5 va 9 o‘rnatilgan bo‘lib, undan biri (5) tepki 3 ni qo‘zg‘almas tepki 8 bilan bog‘laydi. Tepki shtogi 4 zarba beruvchi sterjenp 2 ga bog‘langan bo‘lib, uning chetida diametri 17 mm.li po‘lat sharcha 1 o‘rnatilgan. Beton yuzasiga asbobni qadab so‘ngra orqa qopqog‘iga asta bosilsa, shtok zarbasidan sterjenp va zashelka siljiydi, natijada 5 prujina tortiladi. Keyingi harakat natijasida zashelka tishi tepkidan ajrab, ozod bo‘lgan prujinali shtok zarba beruvchi sterjenp orqali beton yuzasiga zarba beradi.
Plastik deformatsiya usulida ishlaydigan asboblardan yana biri NIIJB shtampidir (4.12-rasm). Asbobning ishlash tamoyili beton yuzasiga katta diametrli sferik shtamp 4 ni statik kuch bilan ezishga asoslangan. Asbob radiusi R=10,14 va 24 mm li 3 ta shtamp bilan jihozlangan. Shtampga uzatiladigan kuch manometri darajalangan gidravlik press orqali hosil qilinadi. Kuchning miqdori shtamp diametri va betonning mustahkamligiga bog‘liq holda 10 dan 22 kN gacha o‘zgartirilishi mumkin. Asbob yordamida qalinligi 30 mm dan 300 mm gacha bo‘lgan beton va temirbeton konstruksiyalar mustahkamligini sinash mumkin.
|
| |