• 3. Qurilish tuzilmalarini buzmasdan sinash uslublari va vositalari
  • -rasm. Tenzorezistorlarning turlari: a) simli; b) ilmoq simli; v) folpgali; g) monokristalli; 1 – sezgir element; 2 – chiqish elementlari; 3 – taglik




    Download 1,01 Mb.
    bet3/8
    Sana16.11.2023
    Hajmi1,01 Mb.
    #99905
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-amaliy mash

    4.6-rasm. Tenzorezistorlarning turlari: a) simli; b) ilmoq simli; v) folpgali; g) monokristalli; 1 – sezgir element; 2 – chiqish elementlari; 3 – taglik

    Ilmoq simli tenzorezistorlar qarshiligi 60-100 Om va o‘lchov bazasi 5-100 mm bo‘ladi. Ko‘ndalang ko‘chishga sezgirligi, ya’ni ilmoqlarning ko‘ndalang yo‘nalishda deformatsiyalanishi natijasida chiqish signalining o‘zgarishi ularning asosiy kamchiligidir.


    Folgali tenzorezistorlar qalinligi 2-5 mkm li folgadan tayyorlanadi. Ularning afzalligi:
    - ko‘ndalang sezgirligining kichikligi;
    - tayyorlashning yuqori texnologiyasi;
    - har xil shaklda, kichkina o‘lchamda chiqarilishi.

    3. Qurilish tuzilmalarini buzmasdan sinash uslublari va vositalari

    Qurilish tuzilmalarini sinashdan maqsad ularning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligi va darzbardoshligi kabi muhim xossalarini o‘rganish va baholashdir. Bino, inshoot va konstruksiyaning mustahkamligini uni buzilishga olib keluvchi yuklamaning miqdori belgilaydi. Inshootning statik va dinamik ustivorligi uni muvozanat holatidan chiqaruvchi chegaraviy statik yoki dinamik yuklamaning miqdori bilan aniqlanadi. Bikrlik esa ekspluatatsion yuklama ostidagi inshootning salqilik qiymati orqali baholanadi. Tuzilmaning darzbardoshligi unda darz hosil qiluvchi chegaraviy yuklama miqdori bilan aniqlanadi.


    Mustahkamlik, ustivorlik, bikrlik va darzbardoshlikni tekshirish uchun namuna - konstruksiya olinib, sinov amaldagi davlat standartlari asosida konstruksiyani buzishgacha olib boriladi. Lekin temirbeton konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligini buzmasdan sinash usullari yordamida ham aniqlash mumkin. Buzmasdan sinov o‘tkazish usullarining asosiy tamoyillari quyidagicha. Temirbeton konstruksiyalarining mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligi konstruksiyadagi beton va armaturaning mustahkamligiga, ko‘ndalang kesimi yuzasiga, armaturaning joylashish o‘rniga, zo‘riqish kuchiga (oldindan zo‘riqtirilgan elementlarda), armatura bilan betonning o‘zaro tishlashish mustahkamligi va boshqalarga bevosita bog‘liq. Sinov natijasida mazkur xossalarning miqdorlari loyiha bo‘yicha belgilangan qiymatlar chegarasida bo‘lsa, inshootning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligi yoki darzbardoshligi tahminlangan hisoblanadi.
    Shunday qilib, temirbeton konstruksiyalarini buzmasdan sinov o‘tkazish orqali nazorat qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
    - konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida va qabul qilishda belgilangan loyihaviy mustahkamlik, bikrlik va darzbardoshlikni kafolatlovchi tezkor sinov tadbirlari majmui;
    - tuzilmani buzmasdan sinab, alohida jarayon yoki ko‘rsatgichlarni nazorat qilish.
    Beton va temirbeton tuzilmalarini buzmasdan sinash usullari quyidagi tartibiy qismlarga bo‘linadi:
    - beton mustahkamligini nazorat qilish usullari;
    - temirbeton konstruksiyalarda armaturaning joylashishini nazorat qilish;
    - beton konstruksiya ichidagi yaxshi zichlanmagan qismlarni, g‘ovaklarni aniqlash usullari (defektoskopiya usuli);
    - beton zichligini nazorat qilish usullar;
    - beton va to‘ldiruvchilar namligini nazorat qilish usullari;
    armaturaning tortilishini nazorat qilish usullari.
    Buzmasdan sinash usullarini ularning fizik mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
    - mexanik, shu jumladan beton yuzasi xususiyatlarini o‘lchashga va beton yuzasini mahalliy buzilishga asoslangan usullar;
    - ultratovush usullari;
    - magnit usullari.
    Buzmasdan sinash usullari beton mustahkamligi va zichligini aniqlash, beton mustahkamligini vaqt bo‘yicha nazorat qilish, konstruksiya ichki nuqsonlarini aniqlash, armaturaning joylashishi, beton va to‘ldiruvchilar namligini aniqlash, payvand choklari sifatini va armaturaning tortilishini nazorat qilishda samarali qo‘llaniladi. Umuman aytganda, buzmasdan sinov o‘tkazish usullari temirbeton konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligini tezkor baholash uchun xizmat qiladi.
    Beton mustahkamligini nazorat qilishning buzmasdan sinash usullari uni beton namunalar (kublar yoki prizmalar) ni yuklama ostida sinab aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Bunday usullar yordamida yig‘ma va yaxlit yig‘ma konstruksiyalarni, yirik panelli binolar choklariga to‘ldirilgan beton mustahkamligini hamda yaxlit temirbeton tuzilmalaridan qolipni bo‘shatish oldidan yoki ekspluatatsiyaga barvaqt topshirilishi lozim bo‘lgan konstruksiyalarning mustahkamligini aniqlash mumkin.
    Beton mustahkamligini buzmasdan sinash usullari amalda foydalanilayotgan binolarning temirbeton tuzilmalari texnik tekshiruvdan o‘tkazilganda, shu jumladan ularni qayta tiklash va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, betonga issiqlik yordamida ishlov berish rejimini maqbullashtirish maqsadida, beton mustahkamligining vaqt mobaynida ortib borishini nazorat qilishda ham buzmasdan sinash usullari qo‘llaniladi. Bu usullardan foydalanib, betonga ishlov berishda bug‘ sarfining maqbullashtirilgan rejimini tanlash mumkin. Elektrotermik usulda tortilgan armaturadagi zo‘riqishni aniqlashda ham buzmasdan sinash usullaridan samarali qo‘llaniladi.
    Buzmasdan sinash usullari qurilish jarayonida birikmalarning beton bilan to‘ldirilish sifatini aniqlashda ham keng qo‘llaniladi. Tuzilmani betonlash jarayonida armaturalar loyiha holatidan siljishi mumkin. Buni aniqlash uchun ham buzmasdan sinash usullari qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ekspluatatsiya qilinayotgan binolardagi temirbeton tuzilmalarning texnik holatini tekshirishda, ulardagi armaturaning joylashish chuqurligi va diametrini aniqlashda ham buzmasdan sinash usullari qo‘llaniladi. Payvand birikmalarning sifatini nazorat qilish uchun ham buzmasdan sinash usullari qo‘llaniladi.
    To‘suvchi tuzilmalarda (devor paneli) zichlik va namlikni aniqlash asosan buzmasdan sinash vositasida amalga oshiriladi. Bu ko‘rsatgichlar orqali tuzilmaning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham baholanishi mumkin.
    Plastik deformatsiya usuli betonni siqilishga bo‘lgan mustahkamligi bilan zarba berilganda beton yuzasida hosil bo‘ladigan iz o‘lchamlari orasidagi bog‘lanishga asoslangan. Zarba natijasida hosil bo‘ladigan izning o‘lchamlari bilan beton mustahkamligi o‘rtasida muayyan qonuniyatga amal qilinishi uchun asbobning zarba kuchi doimiy bo‘lishi lozim. Bu esa plastik deformatsiya usulida ishlovchi asboblarning konstruktiv tuzilishiga nisbatan ma’lum texnik talablarni qo‘yadi. Lekin etalon tayoqchali asboblarda bunday texnik talablar rioya etilish shart emas. Chunki bunday asboblarda bir vaqtda 2 ta iz hosil bo‘ladi, bittasi beton yuzasida, ikkinchisi esa etalon tayoqchada. Beton mustahkamligi beton va etalon tayoqchadagi izlar o‘lchamlarining nisbati orqali aniqlanadi. Betonda 1 ta iz hosil qilishga asoslangan asboblarga PM-2, XPS, NIIJB shtampi va PB asboblari kiradi. 2 ta iz hosil qilishga asoslangan asbobga esa Kashkarov bolg‘achasi kiradi (4.7-rasm).
    Kashkarov bolg‘achasi aylanadigan kallakli korpusdan, dastadan, sharcha va po‘lat sterjen o‘tkaziladigan teshiklarga ega stakandan, shuningdek, sharchani sterjenga siqib turadigan prujinadan tashkil topgan. Sterjen diametri 10 mm li St.3. sinfdagi po‘latdan tayyorlanadi va odatda 150 mm uzunlikka ega bo‘ladi. Sharcha esa 15 mm li diametrga ega.

    4.7-rasm. K.P.Kashkarov rusumidagi etalon bolg‘acha: a – sxematik qirqim; b – tashqi ko‘rinish; 1 – korpus; 2 – metal dasta; 3 – kallak; 4 – prujina; 5 – teshikli stakan; 6 – etalon sterjen; 7 – po‘lat sharcha
    Tuzilma sirtiga zarba berilganda bir paytda ikkita iz – beton va po‘lat sterjen sirtlarida botiqliklar hosil bo‘ladi. Mazkur izlarning diametrlarini yuqori aniqlikda o‘lchash uchun burchakli shtrixlangan andozalar ishlatiladi (4.8-rasm).


    Download 1,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tenzorezistorlarning turlari: a) simli; b) ilmoq simli; v) folpgali; g) monokristalli; 1 – sezgir element; 2 – chiqish elementlari; 3 – taglik

    Download 1,01 Mb.