|
-jadval
Ankerni sug‘urish usulida beton mustahkamligini aniqlash uchun K mutanosiblik koeffitsienti
|
bet | 6/8 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #99905 |
Bog'liq 4-amaliy mash4.1-jadval
Ankerni sug‘urish usulida beton mustahkamligini aniqlash uchun K mutanosiblik koeffitsienti
Beton
ning qotish sharoi
ti
|
Anker-ning turi
|
Mustah-kamlik chegarasi, MPa
|
Ankerning
o‘rnatilish chuqurligi, mm
|
K koeffitsientning qiymati
|
Og‘ir beton uchun
|
Yengil beton uchun
|
Tabiiy
|
I
|
< 50
>50
|
48
35
|
1
2,3
|
1,1
-
|
II
|
< 50
>50
|
48
30
|
0,85
2,4
|
0,95
-
|
III
|
< 50
|
35
|
1,4
|
-
|
Issiqlik ta’sirida
|
I
|
< 50
>50
|
48
35
|
1,2
2,5
|
1,1
-
|
II
|
< 50
>50
|
48
30
|
1
2,6
|
0,95
-
|
III
|
< 50
|
35
|
1,7
|
-
|
4. Ultratovush va boshqa akustik asboblar yordamida qurilish tuzilmalarining fizik-mexanik xossalarini aniqlash
Ultratovush impulsi usuli beton mustahkamligini nazorat qilish va temirbeton tuzilmalarni defektoskopiya qilishda keng qo‘llaniladigan sinov usullaridan hisoblanadi. Tovush - bu elastik to‘lqin bo‘lib, muhit (havo, qattiq jism, suyuqlik) zarralarini siqilishi va cho‘zilishining almashinuvi natijasida tarqaladi. Tovush takroriyligi siqilish va cho‘zilishlar soni bilan o‘lchanadi, har bir siqilish va cho‘zilish jarayoni bitta to‘liq tebranishni tashkil qiladi. Takroriyligi 16 Gs dan 20 kGs gacha bo‘lgan tovushni inson eshita oladi. Takroriyligi 16 Gs gacha bo‘lgan tovushlar infratovush, takroriyligi 20 kGs dan katta bo‘lgan tovushlar ultratovush deyiladi. Insonning qulog‘i infratovush va ultratovushlarni eshitmaydi.
Ultratovush to‘lqinlarning qattiq jismda (masalan betonda) tarqalishida kichik elastik deformatsiyalar hosil bo‘ladi. Muhit xususiyatlari va ultratovush impulpslarini uzatish sharoitiga ko‘ra, ular bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarga bo‘linadi. Bo‘ylama ultratovush to‘lqinlarda muhit zarralarining ko‘chish yo‘nalishi bilan to‘lqin yo‘nalishi mos yoki unga qarama-qarshi bo‘ladi. Ko‘ndalang to‘lqinlarda muhit zarralarining harakati to‘lqinning harakat yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalishda bo‘ladi.
Ultratovush tezligi bilan beton mustahkamligi orasida korrelyatsion bog‘lanish mavjud bo‘lib, unga har xil omillar ta’sir ko‘rsatadi: beton namligi, suv-sement nisbati va to‘ldiruvchi turi, betonni zichlash sharoiti va uni saqlash, qo‘llanilgan to‘ldiruvchi va qo‘shimchalar turlari. Shuning uchun beton mustahkamligini ultratovush usulida aniqlash uchun har bir muayyan beton turi uchun bo‘ylama ultratovush to‘lqini tezligi bilan mustahkamlikning bog‘lanish grafigini qurish kerak. Beton mustahkamligini aniqlashda asosan bo‘ylama ultratovush to‘lqinlar tezligi aniqlanadi. Ultratovush tezligi v (m/s) ni o‘lchash uchun uzunligi l (mm) bo‘lgan sohada ultratovushning tarqalish vaqti t (mks) ni bilishimiz lozim:
V = (l/t) x 1000. (4.4)
Ultratovushning betondan o‘tish tezligi 2500-4500 m/s oralig‘ida bo‘ladi. Shuning uchun sinovlar mikrosekundlarda o‘lchanadigan juda kichik vaqt oraliqlarida o‘tkaziladi. Ultratovush to‘lqinlarni hosil qilish va uning betonda tarqalish vaqtini o‘lchash uchun impulpsli ultratovush asboblari qo‘llaniladi (4,16-rasm).
|
| |