|
-rasm. Betondagi ultratovush tezligini aniqlash sxemasi
|
bet | 7/8 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #99905 |
Bog'liq 4-amaliy mash4.16-rasm. Betondagi ultratovush tezligini aniqlash sxemasi.
1-generator; 2 -ultratovush tarqatgich; 3-beton; 4-ultratovush qabul qilgich; 5-kuchaytirgich (usilitelp). 6 – qayt etuvchi asbob (registator)
4,17 -rasm. Betondan tovush o‘tishi sxemasi: a) tekis, b) diagonal, v) yuzaviy; 1; 2 - almashtigichlarning o‘rnatish nuqtalari
L- tovush uzatish bazasi
Asbob tarkibiga kiruvchi elektron generator 1 davriy ravishda tarqatgich 2 ga yuqori takroriylikli elektr impulpslarni jo‘natadi. Tarqatgich segnet tuzi kristallaridan tashkil topgan va elektr impulpslarni mexanik ultratovush to‘lqinlarga aylantirib beruvchi ppezobatareya bilan jihozlangan. Ultratovush to‘lqinlar o‘rganilayotgan element, ya’ni beton 3 dan o‘tib, ultratovush qabul qilgich 4 ga tushadi va yana elektr impulpsga aylantiriladi. Qabul qilgichdan elektr impulpslar kuchaytirgich 5 ga, undan esa registrator 6 elektron-nur karnayiga (ENK) tushadi.
Hozirgi paytda ishlab-chiqarilayotgan ultratovush asboblar, masalan, UK-14P asbobi ENK o‘rniga elektron tablo bilan jihozlangan bo‘lib, u tezlikni ko‘rsatib turadi. Asbob tarkibiga silindrik tarqatgichlar va ulash cimlari kiradi.
Sinov o‘tkazish uchun ultratovushli tarqatgich 1 va qabul qilgich 2 mahsulotning qarama-qarshi tomonlariga bir o‘q bo‘yicha o‘rnatiladi (13.21-rasm, a). Agar ularni bitta o‘q bo‘yicha joylashtirish mumkin bo‘lmasa, diagonal tovush uzatish usuli qo‘llaniladi (13.21-rasm, b). Ultratovush tezligi (13.2) formula bilan hisoblanadi.
Tekis tovush uzatish konstruksiyaning butun kesimi bo‘yicha beton holati to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ammo bu usul ko‘p mehnat talab qiladi, sababi har bir kuzatilayotgan nuqtada tovush uzatish bazasi L ni aniq o‘lchash kerak. Amalda esa L ni aniqlash hamma vaqt ham mumkin bo‘lmaydi, bu holatni, masalan, devor yoki orayopma tuzilmasi sinalganda kuzatish mumkin. Bunday hollarda ultratovush tezligi betonning yuzaga yaqin qismi bo‘yicha aniqlanadi (13.21-rasm,v).
5. Ionli nurlanish, magnit, elektrik va elektromagnit usullari
Bu usullarda radiatsion nurlanish, elektromagnit to‘lqinlari manbalaridan foydalaniladi. Shuningdek, o‘ta singuvchan rentgen, gamma va neytronli nurlanish vositalari keng qo‘llanilmoqda (13.22-rasm). Bunday nurlarni tuzilmaning ko‘ndalang kesimi, payvand choklari orqali o‘tkazish, o‘tish vaqtini qayd etish va hatto nuqsonlar tasvirini ekran yoki foto tasmada hosil qilish mumkin. O‘ta mas’uliyatli inshootlarning po‘lat, beton va temirbeton tuzilmalaridagi ichki nuqsonlarni aniqlashda bu usullar juda qo‘l keladi.
Ma’lumki, barcha jismlar, jumladan, qurilish tuzilmalari ham magnit va elektr ta’sirlariga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Bu farq ularning qattiqlik, mustahkamlik, yoriqbardoshlik kabi fizik-mexanik xossalari bilan muayyan qonuniyatlar asosida bog‘langan bo‘ladi. Shuningdek, magnit va elektromagnit maydonining parametrlarini temirbeton konstruksiya tarkibidagi armatura diametri va joylashish chuqurligi ham o‘zgartiradi. Shunga asoslanib, bino va inshootlarni buzmasdan tekshirishda elektromagnit asboblar ham samarali foydalanilmoqda.
|
| |