• 4.19-rasm. Qurilish tuzilmalarida yoriqlarni o‘lchash asboblari: a – mikroskop MPB-2; b – shup; v – yoriq ochilishi kengligini lupa yordamida o‘lchash; 1 – yoriq; 2 – lupa shkalasi
  • 4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari




    Download 1,01 Mb.
    bet8/8
    Sana16.11.2023
    Hajmi1,01 Mb.
    #99905
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-amaliy mash

    4.18-rasm. Choklar mustahkamligi va ichki nuqsonlarni ionli nurlanish va elekromagnit usullar yordamida tekshirish: 1 - nurlatgich; 2 – qabul qiluvchi; 3 – nurlanish trassasi
    6. Qurilish tuzilmalaridagi yoriqlarni qayd etish va o‘lchash uchun texnik vositalar
    Qurilish tuzilmalaridagi yoriqlarni qayd etish va o‘lchash uchun bir qator texnik vositalar ishlatiladi. Bular qatoriga lupalar, mikroskoplar, shuplarni kiritish mumkin (4.19-rasm).

    a ) b) v)


    4.19-rasm. Qurilish tuzilmalarida yoriqlarni o‘lchash asboblari: a – mikroskop MPB-2; b – shup; v – yoriq ochilishi kengligini lupa yordamida o‘lchash; 1 – yoriq; 2 – lupa shkalasi
    Nuqsonlari mavjud bo‘lgan tuzilmalar tekshirilgandan so‘ng dastlabki yakunnoma tuziladi, unda yoriqlarning hosil bo‘lish sababi, xavflilik darajasi va ko‘zda tutilgan instrumental tekshirish rejasi keltiriladi. Instrumental tekshirishda tuzilmalarning geometrik o‘lchamlari, loyihadagi holatga nisbatan siljishi, cho‘kishi, tuzilmalarning salqiligi, beton mustahkamligi va boshqa parametrlari asboblar yordamida aniqlanadi.
    Tuzilmaning geometrik parametrlariga quyidagilar kiradi:
    - element uzunligi va ko‘ndalang kesim hisobiy o‘lchamlari;
    - ko‘taruvchi elementlar holatini tavsiflovchi o‘lchamlar, ya’ni inshoot elementlarining nisbiy (ko‘chish) siljishi;
    - element nuqtalarini ko‘chishi (cho‘kish, salqilik, buralish burchagi va boshqalar).
    Chiziqli o‘lchamlarni o‘lchash uchun o‘rama gazcho‘p, po‘lat chizgich, shtangen pargar va ultratovushli qalinlik o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Kesim uch joydan uch marta o‘lchanadi.
    Elementlarning siljishini shovun, chizg‘ich, nivelir va teodolit orqali aniqlanadi. Tekshiruvda ustun va devor panellarining vertikalligi, loyihadagi holatga nisbatan cho‘kishi, burchaklarining perpendikulyarligi, kran osti to‘sini va relpslarning siljishi hamda o‘qdan chetga chiqishlari aniqlanadi.
    Statik sinovda asboblarni ratsional joylashtirish lozim. O‘lchov asboblari buzilishi kutilgan joylarga, eng katta ko‘chish va deformatsiya ro‘y beradigan joylarga o‘rnatiladi. O‘rnatiladigan asboblarning soni ularning o‘lchash aniqligiga va maqsadiga bog‘liq belgilanadi.



    Download 1,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari

    Download 1,01 Mb.