4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz
13
Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat
qurilishida konstruktorlik
ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu paketlar
quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega:
•
foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo’lib ishlashi;
•
fayllarning barcha imkon bo’lgan formatlarda eksporti-importini;
•
obyektlarni masshtablashtirish;
•
obyektlarni
guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o’lchamlarini
o’zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish;
•
qaytadan chizish (fonli, qo’lda, uzilgan holda);
•
fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;
•
egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko’p burchaklarni
chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik
vositalaridan foydalanish,
alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish va h. k.;