• §4.2. Nitrosementitlash
  • §5. Diffuzion metallash
  • 4 –ma'ruza. Kimyoviy – tеrmik ishlash




    Download 421.5 Kb.
    bet3/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi421.5 Kb.
    #92095
    1   2   3
    Bog'liq
    4-ma\'ruza

    §4.1. Sianlash
    • Sianlash – po’lat sirtini sian tuzlari eritmasida uglerod va azot bilan to’yintirish jarayoni. 820—860°С da sianlash – o’rta temperaturali, 930—950°С da sianlash – yuqori temperaturali sianlash.
    • Buyumlar suyultirilgan natriy sianid (NaCN), kaliy sianid (KCN), kalsiy sianid (Ca(CN)2) va boshqa tuzlar solingan vannaga tushirilib qizdiriladi.
    • Sianlashning asosiy vazifasi – qattiqliqni, еyilishga chidamliligini, korroziyabardoshligini oshirish.
    • Sianlash jarayonida sian tuzlari atomar uglerod va azotni ajratadi va ular buyum sirtiga singib boradi.
    • O’rta temperaturali sianlash: h=0,15-0,60 mm, %C=0,6-0,7, %N=0,8-1,2
    • Yuqori temperaturali sianlash: h=0,5-2 mm, %C=0,8-1,2, %N=0,2-0,3
    • §4.2. Nitrosementitlash
    • Nitrosementitlash – po’lat yoki cho’yan sirtini gaz muhitidan uglerod va azot bilan to’yintirish jarayoni. 500—700°С da nitrosementitlash – quyi temperaturali, 840—930°С da nitrosementitlash – yuqori temperaturali nitrosementitlash.
    • Nitrosementitlash metallning yeyilishga va zanglashga chidamliligini, mustaxkamligini va buyumlarning uzoq muddar ishlashini hamda ishonchliligini oshiradi.
    • Nitrosementitlash muhiti - 70-80% tabiiy gaz (CH4) va 20-30% ammiak (NH3). Gazlar parchalanib C va N buyum sirtiga singib boradi.
    • Sianlashdan va nitro-sementitlashdan kеyin buyumlar toblanadi va 180-2000C da bōsha-tiladi. Kim’yoviy termik ishlangan qatlam qattiqligi 58-64 HRCga yеtadi.
    • §5. Diffuzion metallash
    • Diffuzion metallash – bu po’lat sirtini yuqori temperaturada har xil metallar bilan to’yintirish.
    • Sirt alyuminiy bilan to’yintirilsa jarayon alitirlash deb nomlanadi, xrom bilan to’yintirilsa - xromlash, kremniy bilan to’yintirilsa – silitsiyalash.
    • Alitirlangan buyumlarning olovbardoshligini oshiradi – buyumlarni 1200°С.temperaturada ishlatish mumkin.
    • Silitsiyalash buyumlar olovbardoshligini 800-850°С, qirilishga qarshigini, kislotalar ta’siriga chidamliligini.
    • Xromlash buyumlar qattiqligini (HV 1600-1800), olovbardoshligini, zanglashga chidamliligini oshiradi.
    • Diffuzion metallash jarayonida metallar temir bilan qattiq eritmalarni hosil qiladi.
    • Metallarning diffuziyasi juda sekin va yuqori temperaturada kechadi . Alitirlash - 900-1200°С, silitsiyalash - 1050-1100°С, xromlash - 1000-1200°С.
    • Diffuzion metallash ancha foydali jarayon, chunki oddiy uglerodli po’latlar sirtini xrom, alyuminiy, kremniy bilan to’yintirib, ularning olovbardoshligini 1000-1100 °С, yeyilishga chidamlilik 6 marta oshadi, po’latlar temperaturani tez o’zgarishiga chidamli bo’ladi,
    • Qattiq muhitda metall sirtini to’yintirish Fe, Ni, Ti, kabi metallar uchun qo’llaniladi (Mo, W, Nb kukunlari bilan toyintiriladi) va bu jarayon yopiq konteynerda vakuumda yoki inert gazlar muhitida 1000—1500°C da amalga oshadi.
    • Bug’ muhitda metall sirtini to’yintirish Fe, Ni, Ti, kabi metallar uchun qo’llaniladi (Zn, Al, Cr, Ti bug,lari bilan toyintiriladi) va bu jarayon yopiq konteynerda past bosimda amalga oshadi.
    • Gaz muhitda metall sirti Al, Cr, Mn, Mo, W, Nb, Ti larning gazsimon kim’yoviy birikmalar bilan toyintiriladi va bu jarayon yopiq pechlarda 700—1000°С amalga oshadi.
    • Suyuq muhitda metall sirti Al, Cr, Zn, Cu bilan toyintiriladi va bu jarayon pech-vannalarda 800—1300°С amalga oshadi.
    • Nazorat savollari:
    • 1. Kimyoviyi-tеrmik ishlash nima? KTI davomida buyum sirtida qanday jarayonlar kechadi?
    • 2. Sеmеntitlash nima? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat? Qanday po’latlar uchun qo’llaniladi va qanday muhitlarda bajariladi?
    • 3. Sеmеntitlangan pōlat qanday tеrmik ishlanadi?
    • 4. Azotlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat?
    • 5. Sifnlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat?
    • 6. Nitrosementitlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat?
    • 7. Diffuzion metallash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat?

    Download 421.5 Kb.
    1   2   3




    Download 421.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 –ma'ruza. Kimyoviy – tеrmik ishlash

    Download 421.5 Kb.