• Nur sochish
  • 4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja




    Download 142.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana12.04.2023
    Hajmi142.51 Kb.
    #50634
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.
    Angola, habibullayev, bKmQ5cvPXMDbjWTk7qQMRqe2gOMk4NIbT335SKWY (1), 1-s2.0-S0016706119311644-main, 4 ноябрь силабус maxsus fanlar o`qitish metodikasi magistlarga 12doc, 13.03.23, Boshlang\'ich matematika kursi nazariyasi 12-variant. 10.22, 45, 434 алочи ходим, shnk-2.01.02-04-uzgartirish-1, 226-сонли от 10.05.19, Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin?-fayllar.org, Dispersiya hossalari, tanlanmaning bahosining to\'g\'rilangan disp, 1-amaliy Kampyuter tarmoqlari
    Konveksiya — aralashish deb mikroskopik hajmdagi gaz yoki suyuqlikning xarakati 
    natijasida issiqlikning utishiga va aralashishiga aytiladi hamda Nyuton tenglamasi bilan 
    ifodalanadi: 
    Q = b (t
    suyuq
    -t
    devor
    ) F T 
    bu erda: 
    b - 
    issiklik berish koeffitsnenti;
    t
    suyuq
    - suyuqlik xarorati, °S;
    t
    devor
    - devor satxi xarorati, °S;
    F - 
    issiqlik tarqatuvchi sath, m
    2

    T - 
    vaqt, s. 
    Demak, konveksiya usulida issiqlik uzatish issiqlik-berish koeffitsienti, xaroratlar farqi, 
    issiq manba sathi va vaqtga to‘g‘ri mutanosib. 


    Nur sochish — Stefan—Bolsman qonuniga binoan, absolyut qora jismning nur sochish 
    qobiliyati bilan ifodalanadi: 
    bu erda:
    S
    0
    - absolyut qora jismning nur sochishi, 5,68 Dj/m
    2

    T - absolyut xarorat, °K nur tarqatuvchi jism absolyut harorati; 
    F - nur sochuvchi satx, m. 
    Demak, nur sochish usulida issiqlik uzatish absolyut qora jismning nur sochishi va nur 
    sochuvchi jism sathi va absolyut xaroratning to‘rtinchi darajasiga to‘g‘ri mutanosib ekan. Amalda 
    murakkab issiq almashtirgichlar xam ishlatiladi. Ishlab c h i q a r i s h d a shu usullarga binoan 
    ishlaydigan isitish va sovutish jarayonlari amalga oshiriladi.
    Bug‘latish. Qizdirish natijasida ajratuvchining bir qismi bug‘latilib, eritma 
    konsentratsiyasining oshiriliga bug‘latish deyiladi. Bunda bug‘latilgan eritma oquvchanlik 
    xossasini saqlab kolishi kerak. Bug‘latish mu’tadil, past (vakuum) va yuqori atmosfera 
    bosimlarida oolib borilishi mumkin. Ishlab chiqarishda ko‘pincha vakuum ostida i shl a ydi gan bir 
    va ko‘p tanali (korpusli) qurilmalar ishlatiladi. Bir tanali vakuum bug‘latkichlar. Uning asosiy 
    qismlari bug‘latkich, sovutkich, to‘plagich va havo surgichlardan tashkil topgan. Havo 
    so‘rgichga tomchi o‘tib ketmasligi uchun ul ar orasiga tomchi ushlagich (resiver) o‘rnatiladi. 
    Bug‘latgichning yuqori qismida bug‘latish jarayonini, havo so‘rilish darajasini va xaroratini 
    nazorat qiladigan moslamalar o‘rnatiladi.
    Ko‘p tanali (uch korpusli) vakuum qurilmada issiqlik ancha tejaladi. CHunkn korxona 
    bug‘xonasidan faqat birinchi tananing ikki qavatli devori orasiga yuqori haroratli bug‘
    yuboriladi va ajratmadan hosil bo‘lgan «ikkilamchi bug‘» ikkinchi kozonni qizdirishga 
    sarflanadp va h. k. Bunday qurilmalar to‘g‘ri yoki qarama-qarshi oqim bo‘yicha ishlashi 
    mumkin. Keyingi holda bir tomondan issiqlik, ikkinchi tomondan esa bug‘latiladigan suyuqlik
    kelib turadi. Bug‘latgichlar uzluksiz ravishda ishlaydi, ish unumi unchalik yuqori emas va 
    bug‘latish jarayonida har xil khngilsiz xodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xodisalarning 
    oldini olish uchun extiyot choralarini ko‘rish lozim. Aks holda bug‘latish jarayoni sekinlashadi, 
    energiya ko‘p sarflanadi, buglatilayotgan modda sifati buziladi. Quyka (inkrustatsiya), ko‘pik 
    hosil bo‘lishi, tomchi chiqib ketishi, gidravlik va gidrostatik xamda harorat depressiyalari 
    nomaqbul xodisalar jumlasiga kiradi. 
    Quyqa hosil bo‘lishi issiklik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi va natijada issiklik ko‘p 
    sarflanadi, bunda bug‘latilayotgan suyuqlik harorati ortadi. Bu hodisaning oldini olish uchun 
    bug‘latish jarayonida aralashtirish, havosizlik darajasi, xarorat va suyuklik qatlam qalinligi
    ma’lum darajada bo‘lishini ta’minlash kerak buladi. 
    Ko‘pik hosil bo‘lishi bug‘latish jarayonini sekinlatadi, suyuklik ko‘pik bilan kondensatorga 
    o‘tib ketishi mumkin. Ko‘pik xosil bo‘lishini yuqotish uchun bug‘latgich va sovutgich oralig‘iga 
    ushlagich o‘rnatish, bir me’yorda qaynashni ta’minlash, ko‘piklanishni pasaytiruvchi 
    (uchiruvchi) SFM moddalar qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug‘latgichda bug‘ 
    muhitini kengaytirish lozim. 
    Gidravlik depressiya issiqlikni atrof muhitga tarqalib yuqolishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu 
    hodisani kamaytirish maqsadida bug‘latgich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va uni 
    issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o‘rash lozim.
    Gidrsstatik depressiya — bug‘latilayotgan eritma pastki qatlamlarining orttiqcha isib 
    ketishiga sabab bo‘ladi. 
    Bug‘latilayotgan eritma qatlam qalinligi kamaytirilishi lozim. Xarorat depressiyasi deb 
    bug‘latilayotgan eritma xarorati bilan toza erituvchi o‘rtasidagi harorat farqiga aytiladi. 
    Suyuqlik bug‘lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat pasayib, jarayon 
    sekinlashadi. Bu hodisani yuqotish uchun qozon devorlariga yuborilayotgan bug‘ harorati 
    yoki kozondagi havoning surilish darajasi oshirilishi lozim. 
    Yuqorida qayd etilgan asboblar bayon qilingan nomaqbul hodisasiz ishlamaydi. Keyingi 


    vaqtda sanoat sharoitida uzluksiz ishlaydigan, ishlab chiqarish unumdorligi yuqory bo‘lgan 
    asbob-uskunalar ishlatila boshlandi. Rotorli va ko‘pik hosil qilib bug‘latadigan bug‘latgichlar 
    shu jumlaga kiradi. 
    Rotorli bug‘latgich uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim suv bug‘i yordamida 
    alohida-alohida isitiladi. Bug‘latgichning markaziy o‘qiga rotor o‘rnatilgan bo‘lib, unga 
    kurakchalar mustahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi aylanma harakati natijasida 
    kurakchalar suyuqlikni qizib turgan devorga sachratib, yupqa qatlam hosil qiladi. YUpqa 
    qatlamda ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga tomon 
    harakatlanadi va yig‘ib olinadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 450 l/soat. 
    Ko‘pik bug‘latgich — bu qurilma ajratma saqlanadigan idish, ajratgich (separator), 
    issiqlik almashtirgichlar (teploobmenniki), suzgich va havo yuboriladigan qismlardan iborat. 
    Ajratma naycha orqali issiqlik almashtirgichning yuqori qismiga havo tarqatgich to‘r ustiga 
    yuboriladi. Pastki qismidan tozalangan xavo bosim bilan berilib, u suyuqlikni ko‘pirtiradi. 
    Ko‘pik issiqlik almashtirgich (radiator) yuzasiga yopishib, yupqa parda hosil qiladi. Natijada 
    bug‘lanish jarayoni kechadi. Qisman bug‘latilgan ajratma yig‘gich (to‘plagich) idishga 
    tushadi va jarayon takrorlanadi. Bug‘ bilan birga mayda ajratma zarrachalari yuqoriga o‘tib 
    ketishi mumkin. Ular separator yordamida tutib qolinib, ajratma saqlovchi idishga qaytariladi. 
    Ajratma 40— 80°S haroratda bug‘latiladi. Bu qurilmani yaratgan P. N. Makarenko va 
    boshqalar Xarkov shahridagi «Zdorove» ishlab chiqarish birlashmasida zubturum suvli 
    ajratmasini bug‘latish uchun ishlatishgan, keyinchalik bu usul Toshkentdagi «Uzximfarm» 
    birlashmasida ham joriy qilindi. Bunda ajratma vakuumsiz 100°S dan past xaroratda 
    bug‘lanadi. 

    Download 142.51 Kb.
    1   2   3   4




    Download 142.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja

    Download 142.51 Kb.
    Pdf ko'rish