4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja




Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.04.2023
Hajmi142.51 Kb.
#50634
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.
Angola, habibullayev, bKmQ5cvPXMDbjWTk7qQMRqe2gOMk4NIbT335SKWY (1), 1-s2.0-S0016706119311644-main, 4 ноябрь силабус maxsus fanlar o`qitish metodikasi magistlarga 12doc, 13.03.23, Boshlang\'ich matematika kursi nazariyasi 12-variant. 10.22, 45, 434 алочи ходим, shnk-2.01.02-04-uzgartirish-1, 226-сонли от 10.05.19, Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin?-fayllar.org, Dispersiya hossalari, tanlanmaning bahosining to\'g\'rilangan disp, 1-amaliy Kampyuter tarmoqlari
Quritish jarayonlari 
Suyuq va qattiq jismlar tarkibidagi namlikni yo‘qotish quritish deb ataladi.
Quritish nazariyasi. Farmatsiya sanoatida xar xil fizik-kimyoviy xususiyatga ega bo‘lgan 
moddalarni quritishga to‘g‘ri keladi. Quritish murakkab diffuzion jarayon bo‘lib, namlik 
quritilayotgan moddaning ichqi qismlaridan tashqariga chiqadi. Namlikni yo‘qotish tezligi 
tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Nam va issiq nam havo absolyut va nisbiy namlikka hamda 
undagi issiqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
1 m
3
havo tarkibidagi bug‘ning kg miqdori absolyut namlik deb ataladi. Nisbiy namlik 
yoki havoning to‘yinganligi deb 1 m
3
havodagi suv bug‘ining shu sharoitdagi 1 m
3
hajmdagi 
eng katta (maksimal) miqdor suv bug‘i massasi nisbatiga aytiladi. 
Nam saqlovchi havo deb, suv bug‘ining kg miqdorining 1 kg absolyut quruq havoga 
to‘g‘ri kelishiga aytiladi. Quritish jarayonini namlik har ikki tomonda tenglashguncha davom 
etadi. Namlikning moddalar bilan bog‘lanish turlari. Moddalar bilan namlik bir necha turda 
bog‘langan bo‘lib, shunga binoan quritish jarayonida namlikni yo‘qotish har xil kechadi. 
Akademik P.A.Rebinder ta’limoti bo‘yicha bu bog‘lanish kimyoviy, mexanik va fizik-kimyoviy 
bo‘ladi.
Kimyoviy bog‘lanish – bunda suv molekulalari modda bilan mustahkam bog‘langan 
bo‘lib, quritish jarayonida uchib ketmaydi. Namlikni uchirish yuqori haroratda yoki kimyoviy 
reaksiya natijasidagina sodir bo‘ladi. 
Mexanik bog‘lanish – namlik moddalarning mikro va makro kapilyarlarida ushlanib 
turganligi sababli tez ajraladi. Bunday namlik “erkin” namlik deyilib, uni mexanik usul bilan 
ham yo‘qotish mumkin. 
Fizik-kimyoviy bog‘lanish – adsorbsiyalangan va osmotik bosim shaklida bo‘ladi. 
Adsorbsiyalangan bog‘lanishda namlik modda g‘ovaklarida va yuzasda bo‘ladi. Uni yo‘qotish 
katta kuch talab qiladi. Osmotik bog‘lanishda esa namlik xujayra to‘qimasida bo‘lib, osmotik 
ukch yordamida ushlanib turadi. 
Nam material tuzilishi bo‘yicha kapillyar g‘ovak kolloid jism bo‘lib, bog‘langan dispers 
fazaning tuzilishli sinfga mansub. Bu erda dispers fazaning zarrachalari u yoki bu darajada 
mustahkam qobirg‘a (karkas) hosil qilgan bo‘ladi va luar fizik-kolloid xususiyatlari bo‘yicha 
uchta guruhga bo‘linadi: 


1. Haqiqiy kolloid jismlar – bunday jismlar namlik yo‘qotishi natijasida katta kichikligi 
sezilarli darajada o‘zgaradi, lekin qayishqoqlik xususiyatlari yo‘qolmaydi. (agar-agar, jelatin, 
kraxmal) 
2. Kapillyar g‘ovak jismlar – namlik yo‘qotish bilan mo‘rt bo‘lib, oson eziladi va 
tolqonga aylanadi (strptotsid, streptomitsin, vitamin S). 
3. Kapillyar g‘ovak kolloid jimsmlar – oldingi ikki guruh jismlarning xususiyatlarini 
o‘zida mujassamlashtirgan. Kapillyar devorlari qayishqoq va suv shimganda bo‘kish 
qobiliyatiga ega (penitsillin, terpingidrat, qand upasi, natriy PAS, metilsellyuloza). 

Download 142.51 Kb.
1   2   3   4




Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja

Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish