4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja




Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana12.04.2023
Hajmi142.51 Kb.
#50634
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.
Angola, habibullayev, bKmQ5cvPXMDbjWTk7qQMRqe2gOMk4NIbT335SKWY (1), 1-s2.0-S0016706119311644-main, 4 ноябрь силабус maxsus fanlar o`qitish metodikasi magistlarga 12doc, 13.03.23, Boshlang\'ich matematika kursi nazariyasi 12-variant. 10.22, 45, 434 алочи ходим, shnk-2.01.02-04-uzgartirish-1, 226-сонли от 10.05.19, Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin?-fayllar.org, Dispersiya hossalari, tanlanmaning bahosining to\'g\'rilangan disp, 1-amaliy Kampyuter tarmoqlari
Quritish kinetikasi. Quritish jarayoni massa almashinish jarayoni bo‘lib, quyidagi 
tenglama bilan topiladi: 
 
bu erda: 
W - 
yo‘qotilgan namlik miqdori, kg; 
K -
massa uzutish ko‘rsatkichi; 
P
m

quritilayotgan modda yuzasidagi bug‘ bosimi, Pa; 
P
r

havodagi bug‘ning parsial bosimi, Pa; 
F - 
jism yuzasi, m
2

Quritish jarayonini xarakatlantiruvchi kuch quritilayotgan modda yuzasidagi bug‘ bosimi 
bilan havodagi bug‘ning parsial bosimi farqi hisoblanadi. Bu farq (R
m
-R
r
) qancha katta bo‘lsa, 
quritish jarayoni shuncha tez bo‘ladi. Quritish tezligi (V) yuza birligida (F) ma’lum vaqt 
birligida (G) bug‘langan namlik miqdori (W) bilan o‘lchanadi. 
 
Dorilarni quritish texnologiyasi. Quritish jarayoni suyuqlikdan quruq modda (tolqon) 
olishda, quruq ekstraktlar tayyorlashda hamda tabletka ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Quritish 
jarayonida moddalarning xususiyati o‘zgarishi mumkin, bu esa quritish jarayonining qanday 
tashkil etilishiga bog‘liq. Quritish asosan konvektiv, kontakt va maxsus usullarda olib boriladi.
Konvektiv quritish – bu quritilayotgan modda issiqlik manbai bilan bevosita aloqada 
bo‘ladi. Bu maqsadda har xil tuzilishga ega bo‘lgan quritgichlar (javonli, kamerali, tonelli, 
tasmali va do‘mbirali) ishlatiladi. 
Farmatsevtika korxonalarida kamerali va tasmali quritgichlar ko‘p uchraydi. Ayniqsa 
javonli quritgichlar tuzilishining soddaligi va arzonligi bilan ajralib turadi. Bu issiq havo oqimi
javon tokchalari bo‘ylab xarakatlanish jarayonida quritilayotgan modda bilan aloqada byuo‘ladi. 
Kamchiligi: qurish jarayoni uzoq davom etadi, ishlab chiqarish unumdorligi past, issiqlik 
yo‘qotiladi. 
Tasmali quritgich bir tasmali va ko‘p tasmali bo‘lishi mumkin. Tasma xarakati natijasida 
quritilayotgan modda yuqoridagi tasmadan pastki tasmaga tushib turadi. Quritilayotgan modda 
xarakatda bo‘lganligi tufayli uning zarrachalari xar tomondan issiqlikka duch keladi va qurish 
jarayoni tezlashadi. 
Yolg‘on qaynoq yuza quritgichlari – bunday quritgichlarda quriitilayotgan modda muallaq 
holda turib, issiq havo uning hamma tomonidan yuvib o‘tadi. Ular tuzilishi jihatidan har xil 
ko‘rinishga ega bo‘ladi. Quritilayotgan modda xampadan shnek orqali quritgichning qismiga 
tushib turadi. Past tomondan quritgich ichiga ma’lum xaroratgacha isitilgan va tozalangan havo 
bosim bilan yuboriladi. Havo zichligi nam modda zarrachalarini ushlab turish darajasida bo‘ladi. 
Zarrachalarning o‘zaro ishqalanishi natijasida ular silliqlanib nisbatan dumaldoq shaklga kelib 
to‘plagichga tushadi. Havo oqimi bilan yuqoriga uchbi ketadigan mayda zarrachalar esa 
moslamada (siklon) yig‘ib olinadi va quritgichning ishchi qismiga qatariladi. 
Purkagichli quritgichlar. Bunday quritgichlar suyuqliklarni quritishda ishlatiladi va quritish 
jarayoni juda tez va ishlab chiqarish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi. Purkachgichli quritgichlar 
kamera (xona), purkagich (forsunka yoki disk), qurigan qurigan mahsulotlarni tashqariga 
chiqarib beradigan shnek, quritish xonasiga havoni ma’lum xaroratgacha isitib beradigan 


moslama (kalorifer), havo qoimi bilan uchib ketgan mayda zarrachalarni tutib olish uchun sun’iy 
matodan tayyorlangan suzgichlardan iborat. 
Qovushqoq bo‘lmagan ajratmalar forsunkali, qovushqoqlari esa diskli quritgichlarda 
quritiladi. Suyuqlik kameraga purkagich orqali purkaladi. Bunda zarracha kattaligi 10-50 mkm 
atrofida bo‘ladi. Kameraning pastki qismidan quritish uchun beriladigan havo harorati 150-230
0

ga etadi. Har bir zarrachani quritish uchun 0,04-0,08 s gacha vaqt ketadi, shuning uchun tayyor 
mahsulot harorat ta’sirida buzilmaydi. Bunday quritgichlar sa’noat miqyosida dori moddalar va 
harorat ta’sirida tez buziluvchi mahsulotlarni (sut, tuxum va boshq.) quritishda ishlatiladi. Bu 
quritgichdan foydalanilganda quritilayotgan modda (suyuqlik) qovushqoq bo‘lmasligi kerak. 
Agar u qovushqoq bo‘lsa forsunkani o‘rnida disk ishlatiladi. 
Donador moddalarni (garnulalarni) quritishda pnevmatik quritgichlardan (SG-30, SP-60, 
SP-100 lar hamda Shveysariya va Angliyada ishlab chiqariladigan har xil quritgichlardan) 
foydalaniladi. 
Muloqot (kontaktli) li quritgichlar. Bunday quritgichlarda issiqlik asbobning devori orqali 
quritilayotgan materialga o‘tadi. Ular uzlukli va uzluksiz, mo‘‘tadil bosim ostida ishlashlari 
mumkin. 
Uzlukli ishlaydigan quritgichlardan biri eng oddiy tuzilishga ega bo‘lgan tokchali (polkali) 
quritgichdir. Bunda tokchalar bir necha qavat naychalardan tashkil topgan bo‘lib, naychalar suv 
bug‘i bilan isitiladi. Naychalar usiga patnislarda 2-3 sm qalinlikda bir tekis yoyilgan 
quritiladigan modda qo‘yiladi. Vaqti-vaqti bilan yuqori tokchalardagi patnislar pastdagilar blian 
almashtirib turiladi qurish jarayonida patnis yuzasida yuzasida yupqa qatqaloq hosil bo‘lib, 
kapillyarlar suv chiqishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu xodisani yo‘qotish uchun patnisdagi 
quritilayotgan modda aralashtrib, qatqaloq yo‘qotib turilishi lozim. Bu quritgich tuzilishi 
jihatidan soda bo‘lishiga qaramay, ko‘p joy egallaydi, quritish uchun ko‘p vaqt va qo‘l kuchi 
talab etiladi. Quritish jarayoni havoni so‘rib olinadigan (vakuum) javonlar yordamida 
tezlashtirish mumkin. 
Jo‘vali (valsovыe) quritgichlar uzluksiz ishlaydigan, bir yoki ikki jo‘vali bo‘ladi. Jo‘va ichi 
bo‘shliq bo‘lib, bug‘ yoki boshqa issiqlik manbalari yordamida isib turadi. Bunday quritgichlar 
asosan ekstraktlar olishda ishlatiladi. Quyuq ajratma jo‘va yuzasiga bevosita yoki jo‘vali 
so‘rg‘ichlar yordamida yupqa qilib surkaladi. Jo‘valar to‘la bir marta aylanguncha yuzasidagi 
yupqa ajratma quriydi va uni pichoqlar yordamida qirib yig‘iladi. Jo‘vali-vakuum quritgichlarda 
qurish jarayoni tez kechadi. Bunday qurilmalarda pektin, shilimshiq moddalar saqlagan 
qovushqoq ajratmalarni quritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Maxsus quritish usullari. Bularga termoradiatsion, dielektrik, subslimatsion va ultratovush 
quritgichlari kiradi. Farmatsevtika korxonalarida ko‘pincha subslimatsiya va ultratovush 
quritgichlari kiradi. 
Sublimatsion quritgichlarda quritiladigan modda suyuqlik holiga keltirilib, muzlatiladi va 
xona (kamera) havosini o‘rib olish natijasida muz suyuqlikka o‘tmasdan bug‘lanadi. Quritgich 
sublimatsiyalash xonasi, sovutgich, havo so‘rgich, muzlatgichlardan iobrat. Bu usulda quritish 
jarayoni uch bosqichda sodir bo‘ladi: 1-muzlatish, 2-sublimatsiyaga uchratish, 3-qoldiq namlikni 
yo‘qotish. Bu usul oqsil, fermentlar, antibiotiklar, vaksina, zardoblarni quritishda juda qo‘l 
keladi. 
Ultratovush quritgichlar. Dorilarni ultratovush yordamida unumli quritish uchun ularni 
tebranish tezligi 6-8 kGs bo‘lishi kerak. Quritilayotgan suyuqlik ultratovush to‘lqinlari ta’sirida 
mayda zarrachalarga bo‘linib, har bir zarracha tebranish davri tezligida xarakatga keladi. Bu 
xarakat ishlqalanishni vujudga keltirib, suyuqlikning bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. 

Download 142.51 Kb.
1   2   3   4




Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari. Reja

Download 142.51 Kb.
Pdf ko'rish