HAR TOMONLAMAVIYLILIK TAMOYILI




Download 23.88 Kb.
bet2/7
Sana14.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#98641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MA\'RUZA
ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
4.1. HAR TOMONLAMAVIYLILIK TAMOYILI

Bu tamoyil yengil atletikachilarni tayyorlashda har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.Ya’ni irodasining yuqori darajadagi sifatini, jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, yurak-tomir, nafas olish va qon aylanish tizimlarini ishchanligini oshirishni, o’z harakatlarini boshqarishni ta’minlaydi.


Hartomonlamaviylik tamoyili organizimning barcha tizimi va a’zolari, ruhiy va fiziologik faoliyatlari o’rtasidagi aloqani yo’lga qo’yishda ko’maklashadi. Mashg’ulotlar ta’siri ostida organizim a’zolari va tizimlarining u yoki bunisida yuz beradigan turli xil va ko’p sonli o’zgarishlar, organizmning yaxlit faoliyat olib borishi uchun zamin hozirlaydi. Har tomonlama rivojlanish darajasini oshirish-sportchining jismoniy tayyorgarligining yuqori darajasiga etishida, uning texnik va taktik malakasini yaxshilanishida, hamda organizimning tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirishda yordamlashuvchi asosiy shartlardan biri bo’lib hisoblanadi. Har tomonlama tayyorgarlik va iqtisoslashtirilgan yil davomida to’xtovsiz olib boriladigan mashg’ulotlar bilan maqbullashtirish ham hal qiluvchi ahamiyat kasb qilishini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Yuqori sport ko’rsatgichlariga erishishni har tomonlama jismoniy rivojlanishni takomillashtirish va uning negizida asab, yurak-tomir, nafas yo’llari kabi tizimlarning yanada qiyinroq va mukammalroq yuklamalarga moslashishini, yuqori darajadagi ruhiy-asab va fiziologik ta’sirlarga chidamliligini oshirishni rivojlantirishsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Hartomonlamaviylik tamoyili ayniqsa yosh sportchilar bilan shug’ullanganda muhim ahamiyat kasb etadi. V.P.Filin o’zining “Jismoniy tarbiyaning yosh xususiyatlari asoslari” asarida ko’p yillik sport mashg’ulotlarining to’rt davrini ko’rsatib o’tgan:
1. Har tomonlama jismoniy rivojlanish uchun dastbabki sport tayyorgarligi.
2. Boshlang’ich sport tayyorgarligi.
3. Tanlagan sport turi bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan tayyorgarlik.
4. Sport mahoratini oshirish va yuqori natijalarga erishish.
Faqatgina mashg’ulotlar jarayonini ilmiyllikka asoslangan holda to’g’ri tashkil qilib, umumjismoniy tayyorgarlik va asosiy tayyorgarlikni muvofiqlashtirib, mukamal texnik-taktik tayyorgarlikka erishibgina yuqori sport natijalarini qo’lga kiritish mumkin.



Download 23.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 23.88 Kb.