BIRIN-KETINLILIK TAMOYILI




Download 23.88 Kb.
bet4/7
Sana14.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#98641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MA\'RUZA
ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
4.4. BIRIN-KETINLILIK TAMOYILI

Bu tamoyil mashg’ulotlardagi yuklamalarni birin-ketin oshirishni, mashg’ulot ilari hajmini va tizimini birin-ketin ko’paytirib borishi, bajariladigan harakat vazifalarni murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. Birin-ketinlik tamoyili shunga asosan shakllanadiki, organizimdagi tizim va a’zolarning berilayotgan yuklamalarga moslashuvi darhol ro’y bermaydi, buning uchun ma’lum vaqt talab qilinadi.


Butun mashg’ulot jarayoni shunday tuzilishi kerakki, yuklamalar organizimning ishchanlik faoliyatini oshirsin.
Shuni yodda tutish kerakki, yuklamalar etarli bo’lmasa sportchiga uning nafi tegmaydi, me’yoridan oshiq bo’lsa esa og’ir oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mashg’ulotlarda sportchilarga yuklama berishni oshirib borish har doim ham bir xil bo’lavermaydi. Ayrim hollarda samaraga erishish uchun yuklamalarni ko’paytirish o’rniga ularni kamaytirish extiyoji tug’iladi. Murabbiylar bu ishni sportchi organizmi energiya ta’minotini tiklash maqsadida, yoki bo’lmasa ya’nada ko’proq yuklama berish oldidan organizimga dam berish maqsadida qilishlari mumkin.
Mashg’ulot yuklamalarining vaqti-vaqti bilan kamaytirib turishi sportchining sport mahoratini oshirish uchun o’z ustida ishlashi uchun ham zamin yaratadi. Birin- ketinlik tamoyiliga amal qilgan holda haftalik, oylik, yillik va ko’p yillik (perspektiv) reja tuziladi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, sportchilar tez-tez birin-ketinlik tamoyilini buzib turishadi. Oqibatda esa avval tayanch- harakat tizimi a’zolarida noxushliklar sodir bo’la boshlaydi (muskul va bo’g’imlarda og’riq paydo bo’lishi, suyaklarda shamollash kelib chiqishi), keyinchalik bu tananing umumiy holatida charchoqning paydo bo’lishi. Bu esa natijalarning pasayib ketishiga va sportchida mashg’ulotlarga qatnashish istagining yo’qolib borishigaolib kelishi mumkin. Demak, birdan sportchining malaka darajasi va mahoratini e’tiborga olmasdan turib beriladigan katta yuklamalar samara o’rniga ziyon keltirishi mumkin ekan.
Mutaxassis A.N.Krestovnikov fikricha, organizimga qo’yiladigan talablar birin-ketinlik bilan oshirib borilishi kerak,chunki faqat shu yo’l bilangina yugurishda bevosita ishtirok etadigan a’zolar bilan nafas olish va qon aylanish tizimi faoliyatining birgalikda rivojlantirishga erishish mumkin. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan mutanosiblik maksimal kuchni namoyish etish imkoniyatini beradi.
Biroq barcha mutaxassislar ham birin-ketinlilik tamoyilini qo’llab-quvvatlayvermaydilar.Masalan yana bir russ mutaxassisi N.G.Ozolintakidlashicha birin- ketinlik tamoyillariga amal qilish ayrim hollarda jismoniy mashqlar soddalashib ketishiga, organizm funksional imkoniyatlari rivojlanishi kechikishiga sabab bo’ladi. Oqibatda sportchining jiddiy ruhiy va jismoniy kurash olib borish qobiliyati pasayishi mumkin.
Sanab o’tilgan didaktik tamoyillardan tashqari, amaliyotda yuklamalarni oshirib borishning boshqa usullari ham uchrab turadi.
Mashg’ulot yuklamalarini oshirib borish ko’rsatkichlariga quyidagicha yondashish ham mumkin: yuklamalar hajmini mashg’ulotlardan - mashg’ulotlarga doimiy oshirib borish; yuklamalarni haftadan - haftaga bosqichma - bosqich oshirish va 3-4 haftaga bir haftalik kamaytirish; katta, o’rta va kichik yuklamalarni zikzaksimon usulda almashtirib turish.

Download 23.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 23.88 Kb.