• Fan oqituvchi: Orozov Abduxoliq Mavzu: Dars jarayonini loyihalash qanday amalga oshiriladi Reja: 1.
  • Abdulla qodiriy nomidagi jdpu fizika va texnologik ta'lim fakulteti fizika va astronomiya yo'nalishi




    Download 16.38 Kb.
    bet1/6
    Sana22.03.2024
    Hajmi16.38 Kb.
    #175117
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Abdujalilova Nasiba Loyihalashtirishdan topshiriq
    Ilmiy ish mavzusi(Doniyorov N.), 79933494415 noza, Test 20, Fayl yuklab olish uchun, Fayl yuklab olish uchun1, 3-Mavzu matnni, Davlat tili javoblar, Surayyo sonli usullar



    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JDPU
    FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA'LIM FAKULTETI
    FIZIKA VA ASTRONOMIYA YO'NALISHI
    120-20-GURUH 4-KURS TALABASI
    ABDUJALILOVA NASIBANING
    FIZIKA VA ASTORNOMIYA O'QITISHNI
    LOYIHALASHTIRISH FANIDAN
    BAJARGAN TOPSHIRIG'I

    Fan o'qituvchi: O'rozov Abduxoliq
    Mavzu: Dars jarayonini loyihalash qanday
    amalga oshiriladi
    Reja:
    1. TA’LIM MAZMUNINI LOYIHALASHTIRISHNING
    ASOSIY BOSQICHLARI.
    2. O’QUV LOYIHALARINING ASOSIY TURLARI
    3. DARS LOYIHA VA UNI AMALIGA OSHIRISH
    MODELI
    1. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat chо‘qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik xislatlariga ega bо‘lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa о‘z navbatida о‘quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni о‘zida aks ettiradigan ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasini, ta’lim dasturlarining variativligini ta’minlashni talab etadi. Qо‘yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak.
    Bu vazifalarni amalga oshirishga faqatgina mustahkam nazariy tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bо‘ladilar.
    Respublikamizda mashinasozlik sohasining tez rivojlanishi yuqori malakali ishchi va texnik xodimlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi, buning asosiy negizi esa о‘z navbatida umumta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan dars beradigan texnologiya fani о‘qituvchisi kasbini egallagan mutaxassislarga bо‘lgan talabni oshiradi. Texnologiya fani yо‘nalishi bо‘lajak о‘qituvchisi tabiiy, texnik va texnologik bilimlarga ega bо‘lishi zarur. U faqat bilimlarni о‘quvchilarga yetkazish bilan bir qatorda ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, loyihalash, konstruksiyalash hamda kasbiy pedagogik madaniyatga ega bо‘lishi kerak. Olib borilgan tajribalar shuni kо‘rsatadiki, о‘sib kelayotgan yosh avlodni konstruktorlik-texnologik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun har xil axborotlar va faoliyat turlarini о‘quv grafik faoliyat mazmuni orqali integratsiyalashgan holatda yetkazish asosiy sharti hisoblanadi. Chizmachilik faniga nafaqat axborotlarni yetkazish, balki konstruksiyalarni chuqurroq anglab uning yangi variantini tavsiya qilish orqali о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish mumkin. B. B. Ma’murov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda “Darsning muvaffaqiyati nafaqat о‘qituvchining unga astoydil tayyorlanishi, balki о‘quvchilarning darsga tayyorgarliklari hamda dars loyihasining muvaffaqiyatli tuzilganligiga bog‘liq” ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan1. Texnologiya fani yо‘nalishi bо‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va pedagogik turkum fanlari mazmunini loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Endilikda asosiy e’tibor mehnat ta’limining о‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan, fundamental hamda umumkasbiy va pedagogik turkum fanlar mazmunini loyihalashtirishga qaratilmoqda.

    Download 16.38 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 16.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jdpu fizika va texnologik ta'lim fakulteti fizika va astronomiya yo'nalishi

    Download 16.38 Kb.