О‘lchash va yig‘ish bazalari




Download 310,43 Kb.
bet4/6
Sana27.06.2024
Hajmi310,43 Kb.
#265977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza (1)

О‘lchash va yig‘ish bazalari.

О‘lchash bazasi deb detalning berilgan о‘lchamini ushlab turish uchun о‘lchash boshlanadigan yuza, chiziq yoki nuqtaga aytiladi. Boshqa yuzalarga nisbatan biror boshqa yuzaning tо‘g‘ri joylashishini tekshiriladigan yuzalar ham о‘lchash bazalari deyiladi (paralellik, konsentriklik, perpendikulyarlik va h.k.).


Kо‘pgina hollarda tokarlik kо‘pkeskichli va gidronusxa kо‘chirish yarimavtomatlarida, shuningdek, boshqa dastgohlarda о‘lchamlar о‘lchash bazalaridan avtomat tarzda hosil qilinadi. Masalan, kо‘rsatilgan yarimavtomatlarda oldingi shpindel babkasida markaziy teshikli tayanch bо‘lib undan suzuvchi (prujinali) oldingi markaz bemalol о‘tadi. Val zagotovkasini markazga о‘rnatilganda zagotovkaning cheti tayanch bilan tutashadi. Oldingi markaz esa prujina bilan qisiladi va zagotovkaning markaziy о‘yig‘iga kiradi. Ishlov berilayotgan zagotovkalardagi о‘yiqlarning chuqurligi turlicha bо‘lishiga qaramasdan ularning hammasi oldingi va ketingi supportlarning sozlangan keskichiga nisbatan о‘q yо‘nalishi bо‘yicha bir xil holatni egallaydi. Shunday qilib oldingi support keskichlari bilan ishlov berishda (kо‘p keskichli yarimavtomat) va yuqorigi support keskichlari bilan ham (gidronusha kо‘chiruvchi yarimavtomat) о‘q bо‘yicha olinadigan о‘lchamlar ham, о‘yiqlar ham, galtellar faskalari ketingi support keskichlari bilan ishlov berishda (kо‘p keskichli yarimavtomat) va pastki support keskichlari bilan ishlov berishda (gidronusha kо‘chiruvchi yarimavtomat) zagotovkaning chetki yon tomon yuzasidan ma’lum masofada joylashadi. Mazkur holatda bu yuza о‘lchash bazasi bо‘lib xizmat qiladi.
Yig‘ish bazasi deb yig‘ilgan uzel yoki mexanizmda detallar bir-biriga nisbatan holati belgilanadigan yuzaga aytiladi. Kesib ishlov berishda yig‘ish bazalari tayanch о‘rnatish bazalari sifatida foydalaniladi. Yig‘ish bazalari ham о‘z navbatida asosiy yig‘ish bazasi va yordamchi yig‘ish bazasiga bо‘linadi. Asosiy yig‘ish bazasi detalning mazkur yig‘ish birligida yoki mashinadagi holatini belgilash uchun xizmat qiladi. Yordamchi yig‘ish bazasi esa unga boshqa detalni biriktirish uchun xizmat qiladi. Masalan, 16- rasmda A yuza harakatlantirish valida (birlamchi valda) asosiy yig‘ish bazasi bо‘lib xizmat qiladi. Chunki unga sirpanish poshibnigi yuzasi bilan tayanadi. Shkivning B yuzasi esa shkiv uchun asosiy bazaviy yuza bо‘lib xizmat qiladi, ammo valda B yuza yordamchi yig‘ish bazasi bо‘lib xizmat qiladi.


16-расм асосий ва ёрдамчи йиғиш базалари


А- асосий йиғиш базаси. Б- ёрдамчи йиғиш базаси
Boshqa bir misol olsak, dvigatelning tirsakli valida о‘zak bо‘yinlarining yuzasi esa shatunlarni yig‘ishda yordamchi yig‘ish bazasi bо‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ilashmani yig‘ishda birlamchi valning shlitsali yuzasi asosiy yig‘ish bazasi bо‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ilashmani yig‘ishda albatta birlamchi valni tirsakli valga о‘rnatib, sо‘ngra val bо‘yicha ilashma yig‘iladi. Aks holda birlamchi valsiz yig‘ilgan ilashmalarda uzatmalar qutisini о‘rnatish juda mushkul bо‘lib qoladi.




  1. Download 310,43 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 310,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘lchash va yig‘ish bazalari

Download 310,43 Kb.