Konstruktorlik bazalari.
Yuqorida qayd qilinganidek konstruktorlik bazasi detal yoki yig‘ish birligining buyumdagi holatini belgilash uchun konstruktorlik bazasidan foydalaniladi. Bu bazalar asosiy konstruktorlik va yordamchi konstruktorlik bazalariga bо‘linadi. Asosiy konstruktorlik bazasi deganda detalga yoki yig‘ish birligiga tegishli bо‘lgan shunday baza tushuniladiki, uning yordamida detalning buyumdagi holati belgilanadi. Mazkur detalga tegishli bо‘lgan yordamchi konstruktorlik bazasi deganda esa unga biriktiriladigan detallarning holati belgilanadi. Masalan, tirsakli valda о‘zak bо‘yinlarining yuzasi asosiy konstruktorlik bazasi bо‘lib hisoblanadi, chunki, bu yuzalar orqali tirsakli valning dvigateldagi holati qayd qilinadi, shatun bо‘yinlarining yuzasi esa yordamchi konstruktorlik bazasi bо‘lib xizmat qiladi, chunki ular yordamida tirsakli valga biriktiriladigan shatunlarning holati qayd qilinadi. Demak, detal yuzalarining turli holatlarini konstruktor chizmada kо‘rsatilishi kerak.
О‘lcham quyishda konstruktor detallarni yig‘ish shartidan kelib chiqadigan о‘zaro aloqalarini inobatga oladi. Boshqa hollarda konstruktor о‘lchamlarini hisob-kitoblar jarayonida yoki mashinaning ish jarayonida muhim rol о‘ynovchi yuza, chiziq yoki nuqtadan qо‘yadi.
Masalan, bosh uzatmaning konussimon tishli g‘ildirakni konstruksiya qilishda baza sifatida tishli g‘ildirakning aylanish о‘qi 00 va konusi uchi A nuqta qabul qilinadi (11-rasm).
11-расм. Конструкторлик базаси.
Bu bazadan g‘ildirak tishli gardishining о‘rta konusi uchburchak 01 uning yasovchisi va montaj о‘lchami m qо‘yiladi. Konstruksiya qilishda chizmaga о‘lcham qо‘yish muhim masala bо‘lib hisoblanadi.
Chizmaga о‘lchamlar shunday qо‘yilishi kerakki, detalni tayyorlash jarayonida о‘lchash qulay bо‘lsin. О‘lcham qо‘yishning uch usuli bor: zanjirli, koordinatali va kombinatsiyalashgan.
12-расм. Шар бармо\и.
Zanjirli о‘lcham quyish usulida har bir qо‘yiladigan о‘lcham va har bir ikkita ketma-ket joylashgan о‘lcham bitta umumiy aloqador yuzaga ega (12-rasm).
Zanjir usulida о‘lcham quyishning kamchiligi shundaki, har bir о‘lchamni detalning asosiy yuzasini tayyorlashda detalning asosiy yuzasidan hisoblanadigan xatoliklarning qо‘shilib borishidir. Afzalligi shundaki, har bir о‘lcham xatoligi boshqa о‘lchamlar xatoligiga bog‘liq emas.
13-расм. Ўлчамларни координат усулида =ыйиш.
Koordinataga о‘lcham qо‘yish usulida detalning barcha о‘lchamlari bitta tanlab olingan bazadan qо‘yiladi (13-rasm). Shu sababli har bir о‘lcham xatoligi ishlov berish usuliga bog‘liq. О‘lchamlarni koordinata usulida qо‘yishning afzalligi shundaki, alohida о‘lchamlarni tayyorlashda ularning xatoliklari bir-biriga qо‘shilmaydi. Demak, tayyorlash aniqligi ancha yuqori bо‘ladi.
Koordinata usulida о‘lcham qо‘yish keng qо‘llaniladi. Masalan, tirsakli vallarning о‘qi bо‘yicha qо‘yiladigan barcha о‘lchamlari birinchi tayanch bо‘yinga yaqin bо‘lgan old tomonidan qо‘yiladi, taqsimlash valida esa birinchi tayanch bо‘yinga yaqin bо‘lgan tomondan boshlab qо‘yiladi.
Agar yuzadagi ayrim elementlarning aniq о‘lchamda tayyorlanishi talab qilinib, bu elementlarning yuzadagi joylashuviga unchalik yuqori talab qо‘yilmasa, bu holda о‘lchamlar kombinatsiyalashgan usulda qо‘yiladi (14-rasm).
Buni porshenning ishchi chizmasi misolida kо‘rishimiz mumkin.
14-расм. Комбинациялашган усулда
14-rasmda porshendagi xalqa о‘yiqlari porshen uzunligida joylashuviga nisbatan qat’iyroq qо‘yim bilan tayyorlanadi. Shu sababli barcha о‘lchamlarni bir yuzadan (13- rasmda yuqoridagi holat) qо‘yish notо‘g‘ri bо‘ladi. Bunda xalqa о‘yiqlarini alohida koordinata о‘lchamlari qо‘yiladigan bо‘lsa, hamma о‘lchamlar 0.1 mm bilan tayyorlanadi. Porshen chetidan о‘yiq boshigacha 0.1 mm qо‘yimni saqlab qolgan holda о‘yiq kengligiga bо‘lgan qо‘yimni о‘yiq о‘lchash asbobi bilan ishlab 0.02-0.03 mm qо‘yimni osongina ta’minlash mumkin.
Detaldagi asosiy bо‘lmagan yuza о‘lchamlariga qо‘yim qо‘yish asosan texnologik mulohazalarni hisobga olgan holda qо‘yiladi. Bunday hollarda kо‘proq ishlab chiqarishning iqtisodiyligi ta’minlaydigan eng kichik qо‘yim qо‘yiladi. bu qо‘yimlarni yanada kengaytirish ishlov berishni arzonlashtirmaydi yoki juda kam arzonlashtiradi.
Chizmada asosiy о‘lchamlarga qо‘yiladigan qо‘yimdan tashqari paralellik, perpendikulyarlik konsentriklik va boshqa qо‘yimlar ham qо‘yiladi. Asosiy bо‘lmagan nisbatlarga qо‘yim qо‘yilmaydi, chunki ular detalga ishlov berish jarayonida avtomat tarzda ta’minlanadi.
|