4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)




Download 310,43 Kb.
bet5/6
Sana27.06.2024
Hajmi310,43 Kb.
#265977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza (1)

Bazalar tanlab olish.

Zagotovkaning dastgohdagi о‘rnini aniqlash uchun uning bazalovchi yuzalari soni va joylashuvini shunday tanlab olish kerakki, statik aniqlanadigan qurilmani ta’minlasin.




17-расм. Заготовкани олти нуқта бўйича базалаш


Mexanikada kо‘riladigan qattiq jism muvozanat holatida zagotovkaning hamma oltita erkinlik darajasini qо‘zg‘almas tayanchlar bilan bog‘lash kerak. Qattiq jismning bu oltita erkinlik darajasi uchta о‘zaro perpendikulyar koordinata о‘qlari bо‘yicha siljish va bu о‘qlar atrofida aylanishidir. Zagotovkaning har bir erkinlik darajasini bog‘lash, uni moslama yoki dastgohning bir nuqtali tayanchiga qotirish bilan amalga oshirilishi mumkin.

Bundan shunday hulosa chiqadiki, detalni yoki zagotovkani bazalash oltita tayanch nuqtasi bilan amalga oshirish qoidasining zaruriyati paydo bо‘ladi (olti nuqta qoidasi). Zagotovkaning oltita erkinlik darajasini bog‘lash (erkinlik darajasidan mahrum qilish) uchun о‘zaro uchta perpendikulyar tekislikda joylashgan oltita qо‘zg‘almas nuqta kerak, ya’ni uchtasi bitta tekislikda, ikkitasi ikkinchi tekislikda, bittasi uchinchi tekislikda (17-rasm). Qolgan barcha qо‘zg‘almas nuqtalar ortiqcha. Odatda zagotovkani moslamaga о‘rnatishda statik noaniq о‘rnatiladi. Ortiqcha qо‘zg‘almas tayanchlarda zagotovka hamma tayanchlarga tayanmaydi yoki uni barcha tayanchlarga tayantirish uchun deformatsiyalash kerak.


Zagotovkadagi istalgan bazalovchi yuzalarni agar ular zagotovkani statik aniq о‘rnatilishini ta’minlasa, u holda olti nuqta qoidasiga binoan oltita bir nuqtali tayanchlar bilan har doim almashtirish mumkin. Masalan, val zagotovkasini silindrik yuzasi bо‘yicha prizmada yon tomonda tayanch bilan bazalashda va shponkasi bilan о‘z о‘qi atrofida aylanishini fiksatsiya qilish 18-rasmda kо‘rsatilgan. Prizmaning ta’sirini tо‘rtta bir nuqtali qо‘zg‘almas nuqtalar a1 b1 c1 d bilan almashtirish mumkin.


18-расм. Валнинг призмада базаланиши.
Qolgan ikkita erkinlik darajasi - bu prizma bо‘ylab surilishi va valning о‘z о‘qi atrofida aylanishidir.




19-расм. Шатунни ён томони, тешиги, калта учликдаги таянчи билан базалаш.
Val chetidagi tayanch prizmaning yon tomondagi bir nuqtali I tayanch bilan almashtiriladi, shponka esa shponka о‘yig‘i devoridagi bir nuqtali tayanch kabidir. Natijada zagotovkaning oltita erkinlik darajasi bilan bog‘lanuvchi oltita qо‘zg‘almas tayanchini olamiz. Yana bir misol tariqasida ichki yonuv dvigateli shatunining kallaklari yon tomoni va bir teshigi, tayanchi bilan bazalanishini kо‘ramiz. Mazkur holatda shatunni AA tekisligi, ya’ni har ikkala kallakning yon tomonini uchta qо‘zg‘almas bir nuqtali tayanch, a1 b1 c va ichki silindrik yuzadagi qisqa barmoqdagi bazalashni (B ni) ikkita bir nuqtali tayanch d1 e va tayanch uchlik V ni bitta bir nuqtali tayanch f bilan almashtirish mumkin. (19-rasm). Natijada hamma bazalanuvchi yuzalari oltita bir nuqtali tayanchlar bilan almashtiriladi va ular zagotovkaning hamma oltita erkinlik darajasi bilan bog‘lanadi.
Agar shatunni bazalash uchun uzun uchlik olsak, u holda bu uchlik tо‘rtta bir nuqtali tayanch bilan almashtirilishi kerak, ya’ni bazalash sakkizta bir nuqtali tayanchlarda amalga oshiriladi. Bu zagotovkani о‘rnatilishining statik noaniqlikka olib keladi. Bu holda sakkizta nuqtada kontaktni ta’minlash uchun zagotovka yoki uchlik deformatsiyalanishi kerak.
Umuman kо‘pgina hollarda zagotovkaning hamma erkinlik darajasini bog‘lash talab qilinmaydi, shuning uchun qо‘zg‘almas bazalash uchun val о‘qi bо‘yicha teshik parmalash lozim bо‘lganda tayanch nuqtaga hojat qolmaydi va valni bazalash uchun beshta nuqta yetarli bо‘ladi.
Bazalash erkinlik darajasini qanchalik kamroq bog‘lash talab qilinsa, moslama konstruksiyasi shunchalik sodda bо‘ladi va amallar tejamli bо‘ladi.
Odatda zagotovkaga mexanik ishlov berishning birinchi amalida uni dag‘al (ishlov berilmagan) yuzalar bilan о‘rnatiladi, ular dag‘al yoki birlamchi о‘rnatish bazalari deyiladi. Bu baza dastgohga о‘rnatilishiga qarab tayanch о‘rnatish yoki tekshiruv о‘rnatish bazasi deyiladi. Dag‘al bazadan odatda zagotovkani dastgohga birinchi marta о‘rnatishda foydalaniladi. qayta о‘rnatishlarda esa baza sifatida ishlov berilgan yuzalar olinadi. Shuning uchun dag‘al baza, demak birinchi amal ham о‘zidan keyingi barcha ishlov berilgan yuzalarning holatini belgilaydi. Dag‘al baza sifatida kо‘pgina hollarda tayyor detalda ishlov berilmaydigan yuza olinadi. Bu tayyor detaldagi ishlov berilmaydigan va ishlov beriladigan yuzalar о‘rtasidagi aloqaning о‘rnatilishini osonlashtiradi.
Agar detalda hamma yuzalarga ishlov beriladigan bо‘lsa yokitayyor detaldagi qolgan yuzani baza sifatida qabul qilish mumkin bо‘lmasa (yuza uzunligi juda kichik bо‘lsa yoki yuzadagi nuqsonlar kо‘p bо‘lsa) u holda dag‘al baza sifatidan eng kichik qatlam olinadigan yuza qabul qilinadi. Bunday hollarda boshqa ishlov beriladigan yuzalardan olinadigan qatlam yetarli bо‘lmaganda ham ishga yaroqsiz bо‘lmaslik hollari kо‘proq kafolatlanadi.
Dag‘al bazalarga qarama-qarshi amallar bajarilishida detal yuzalari yakuniy о‘lchamga ega bо‘ladigan yuzalardan foydalanilganda toza bazalar deyiladi. Qolgan barcha bazalar oraliq bazalar deyiladi.
Oraliq baza sifatida va asosan toza baza sifatida asosiy bazalarni olish kerak. Bu bilan ishlov berish xatoligining minimal bо‘lishiga erishiladi.

Download 310,43 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 310,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)

Download 310,43 Kb.