4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)




Download 310,43 Kb.
bet3/6
Sana27.06.2024
Hajmi310,43 Kb.
#265977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza (1)

Texnologik bazalar.





15-расм. Таянч-ўрнатиш базаси:
А-дарча; 1-3 - юзалар; L-дарча марказидан детал четигача бўлган масофа.
Texnologik bazalardan detal tayyorlash jarayonida zagotovkani kesib ishlash uchun uning holatini belgilash uchun foydalaniladi. Texnologik bazalar tayanch-о‘rnatish va tekshirish bazalariga bо‘linadi.
Tayanch-о‘rnatish bazasi deb shunday yuzalarga aytiladiki, ular dastgoh yoki moslamaning о‘rnatish yuzalari bilan kontaktda bо‘lib, zagotovkani kerakli aniqlik bilan yо‘naltiriladi. Zagotovkadagi dastgoh yoki moslamaning о‘rnatish elementi bilan kontaktda bо‘ladigan har qanday yuzasi ham tayanch-о‘rnatish bazasi bо‘lib hisoblanavermaydi.
Masalan, detalda A darchani ochishda L о‘lchamni ta’minlash kerak bо‘ladigan bо‘lsa, tayanch-о‘rnatish bazasi bо‘lib, ostki yuza 1 va yon yuza 2 hisoblanadi. Yuza 3 tayanch bilan kontaktda bо‘lsa ham uning holati dastgohda berilgan о‘lchamga ta’sir qilmaydi.
Tayanch о‘rnatish bazalari asosiy va yordamchi bazalarga bо‘linadi. Asosiy tayanch о‘rnatish bazasi bu detaldagi asosiy yuzalardan tashkil topadi. Masalan, tirsakli valdagi taqsimlash shesternyasini teshigi va yon tomoni bо‘yicha о‘rnatiladi, bu yuzalar tishli g‘ildirak zagotovkasiga ishlov berishda esa tayanch о‘rnatish bazasi sifatida foydalaniladi. Shu sababli bu asosiy tayanch о‘rnatish bо‘lib hisoblanadi. Agar zagotovkaga ishlov berish jarayonida detalni о‘rnatish uchun maxsus yuzalar hosil qilinsa, bu yuzalar yordamchi tayanch о‘rnatish bazalari deyiladi. Masalan, tirsakli va taqsimlash vallarining tayanch bо‘yinlariga dastgohda ishlov berishda markazlardan foydalaniladi. YA’ni vallarning ikki yon cheti markazidan markaziy о‘yiqlar ochiladi.
Bu о‘yiqlar detalning ish jarayonida ishlamaydi yoki silindrlar blokining asosiy tekisliklarini frezerlashda va kо‘pgina boshqa amallarni bajarishda maxsus ishlov berilgan bobishkalari bilan dastgohga о‘rnatiladi.bu bobishka yuzalari dvigatel ish jarayonida ishlamaydi yoki uzatmalar qutisining karteri zagotovkasiga mexanik ishlov berishda u maxsus yо‘ldosh moslamaga о‘rnatishda karterdagi texnologik teshiklar yordamida о‘rnatiladi. Bu teshiklar ham uzatmalar qutisining ish jarayonida ishlamaydi. Shunday qilib, asosiy tayanch о‘rnatish bazalari deganda zagotovkaga ishlov berish jarayonida foydalanadigan va bu yuzalar detalning ish jarayonida ham asosiy yuza bо‘lib, hisoblanadi (tirsakli valning о‘zak bо‘ynining yuzasi, silindrlar blokining tepa va ostki yuzalari va h.k.). Yordamchi tayanch о‘rnatish bazalari esa faqat zagotovkaga ishlov berish jarayonidagina foydalanib, detalning ish jarayonida ular ishlamaydi (tirsakli va taqsimlash vallarining ikki chetidagi markaziy о‘yiqlari, silindrlar blokidagi maxsus tayyorlangan bobishka yuzalari, tishli g‘ildirak gо‘pchaklarining tashqi yuzasi va h.k.). Ba’zi hollarda ishlov berilayotgan yuzaning о‘zidan baza sifatida foydalanish mumkin. Masalan, tirsakli vallarni markazsiz jilvirlash dastgohlarida jilvirlanganda ishlov berilayotgan valning silindrik yuzasi bir paytning о‘zida asosiy tayanch va tekshiruv о‘rnatish bazasi bо‘lib xizmat qiladi, chunki jilvirlash jarayonida shu yuza bilan detal (tirsakli val) tayanch lineykasiga va jilvirlash toshiga tayanadi va u bilan dastgohga nisbatan kerakli yо‘nalishda mо‘ljal olinadi.
Zagotovkaning biror yuzasiga ishlov berilmasdan avval, kesib ishlov berishning birinchi amalida bazalarga ishlov berish uchun о‘rnatish bazasi sifatida qabul qilinadigan yuza dag‘al tayanch о‘rnatish bazasi deyiladi.




  1. Download 310,43 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 310,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: Avtomobilsozlikda tayanch(baza)

Download 310,43 Kb.