|
Detalni о‘rnatish usullari
|
bet | 6/6 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 310,43 Kb. | | #265977 |
Bog'liq 4-maruza (1)Detalni о‘rnatish usullari. Detallarni dastgohga har bir о‘rnatilishi quyidagicha farqlanadi:
-mazkur о‘rnatishda ishlov beriladigan yuzadan metall qatlami olinadi yoki shakli boshqa asboblar bilan yuza tozaligi о‘zgartiriladi;
-detalning dastgohdagi holatini aniqlovchi bazalovchi yuzalar;
-tayanch yuzalar, ya’ni detal dastgoh stoliga tegib turadigan yuzalar yoki moslamalarning о‘rnatish yuzalari, ammo bazoviy yuza bо‘lib hisoblanmaydigan;
-о‘lchash bazalarining yuzalari;
-qisish yuzalari, ya’ni qisish kuchini bevosita qabul qiluvchi yuzalar;
-erkin yuzalar, ya’ni detaldagi mazkur о‘rnatishda foydalanilmagan yuzalar.
Ba’zi hollarda bazalovchi yuza bir paytning о‘zida qisish yuzasi ham bо‘lishi mumkin (о‘zi markazlashadigan uch mushtli tokarlik patroni), shuningdek tayanch yuzasi ham bо‘lishi mumkin (tо‘rt mushtli tokarlik patroni, mushtchalari yakka holda siljiydi) va boshqalar. Detalning dastgohga tо‘g‘ri о‘rnatilishi uning dastgohga nisbatan ma’lum holatini va u bilan ishonchli aloqasini ta’minlashi kerak.
DMAD (dastgoh-moslama-asbob-detal) tizimining bikrligi tufayli detalni qotirganda ishlov berilayotgan yuzalar о‘z holatini о‘zgartiradi.
О‘rnatish xatoligi (detalni qotirilishi hisobga olinmaganda) bazaning dastgohga nisbatan notо‘g‘ri joylashganligidan yoki shu bazadan notо‘g‘ri о‘lchash natijasida kelib chiqadi.
Berilgan о‘lchamlarni avtomat tarzda olinadigan bо‘lsa, ishlov berish tayanch о‘rnatish bazalari bо‘yicha olib boriladi, bunda о‘rnatish xatoligi bazaning dastgohga nisbatan notо‘g‘ri joylashganligidan kelib chiqadi. О‘rnatish xatoligi zagotovkadan bazalovchi yuzalarning ularni bazalovchi yuza shaklining noaniqligi, g‘adirbudurligi dastgoh yoki moslamadagi о‘rnatish yuzalari bilan mos tushmasligi, shuningdek о‘rnatish yuzalarining xatoligidan kelib chiqadi. Bu xatoliklar miqdorri ma’lum meyorlar bilan reglamentlanadi va moslamadan foydalanish jarayonida davriy ravishda nazorat qilib turiladi.
Bazadan о‘lchash xatoligi detalni tekshirib о‘rnatishga solishtirish hisobiga bо‘ladi.
Qotirish xatoligi deb siqish kuchi ta’siridan ishlov beriladigan yuzaning eng chetki surilishiga aytiladi. Ishlov beriladigan yuzaning bu surilishi zagotovkaning deformatsiyalanishidan, moslamaning tayanch elementlaridan va boshqalardan kelib chiqadi.
Mustaqkam detallarda va qisish kuchi tо‘g‘ri taqsimlanganda ishlov beriladigan yuzaning eng katta siljishi qisish kuchlarining kontakt deformatsiyalanishidan (zagotovkaning ezilishidan) hosil bо‘ladi, detal mustahkam bо‘lmasa, detalning deformatsiyalanishidan ham hosil bо‘ladi.
|
| |