• Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba.
  • Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi va Qur’on tarjimalari




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/15
    Sana04.03.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #44267
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi va Qur’on tarjimalari. 
    Mushafning Samarqanddan 1865 yilda Sankt-Peterburgga olib ketilgan, 1920 
    yilda musulmonlarga qaytarib berilgan, 1923 yilda Toshkentga olib kelingan. 
    Mushafning O‘rta Osiyoga olib kelinishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
    ma’lumotlar ichida tarixiy jihatdan asoslirog‘i va ishonarlirog‘i sohibqiron 
    Amir Temurning Basradan Samarqandga Qur’onning qadimiy bir nusxasini 
    jo‘natgani haqidagi ma’lumot mavjud. 
    Mushaf-keyinchalik musulmon olamida tarqalgan va minglab marotaba 
    nashr qilinayotgan Qur’onning asl nusxasi hisoblanadi. Qur’on qaerda nashr 
    qilinmasin, uning birinchi sahifasida Usmon mushafi matniga muvofiq ekani 
    yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 
    Yendi Qur’onning tarjimalari haqidagi aniq ma’lumotlarga e’tibor 
    qaratamiz. Hozirgi paytda ko‘pchilik o‘quvchilarning fikr mulohazalari 
    e’tiborga olinib, O‘zbekiston musulmonlari Diniy idorasi tashabbusi bilan 
    o‘zbek tiliga 2 marta (Alouddin Mansur tarjimasi, T.: 1992, Abdullaziz 
    Mansur tarjimasi, T.: 2001) nashr etildi. 
    Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba.
    Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, taqrirlari 
    (ko‘rib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‘zida mujassam 
    qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «so‘z, xabar, 
    hikoya; yangi». 
    Hadislar islom dini ta’limoti va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida, 
    Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki 


    16 
    qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – 
    isnoddan iborat. 
    Hadislar o‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir: 
    - al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan 
    deb hisoblanadi); 
    - al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb 
    hisoblanadi) va boshqalar. 
    Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi. 
    Yozma ravishda hadislarni to‘plamaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning 
    ko‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo 
    bo‘lgan muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar o‘z so‘zlarini yozib olishdan 
    odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur’on oyatlariga aralashtirib 
    yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‘ambar (bu ahl al-hadis muhitiga 
    tegishli bo‘lsa kerak): «Bu og‘izdan – deya o‘z og‘izlariga ishora qildilar – 
    faqatgina haq so‘z chiqadi» – deb, o‘z so‘zlarini yozib olishga buyurganliklari 
    haqida rivoyat qilingan. 
    Hadislarni tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tez orada olti to‘plamda uchragan bir 
    qator maxsus terminlar guruhi vujudga keldi. Imom at-Termiziy bu sohada 
    salmoqli ishni amalga oshirdi. U faqatgina hadislarni to‘plash bilangina cheklanib 
    qolmasdan, ularning tahliliga ham alohida bo‘lim ajratdi. Imom at-Termiziy 
    birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan va zaif guruhlarga ajratgan olimdir. 
    Vaqt o‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar taraqqiy etib bordi va bu sohada 
    umumiy qabul qilingan shaklga keldi.
    Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va 
    boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda sahih hadislar darajalari bo‘yicha 
    etti xilga bo‘lindi: 
    1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
    2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
    3) faqat Imom Muslim keltirgan;
    4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo‘yicha rivoyat 
    qilingan;
    5) Imom Buxoriy shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
    6) Imom Muslim shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
    7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
    Hadis ko‘pincha sunna so‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so‘zining 
    lug‘aviy ma’nosi – «odat», «tariqa», «yo‘l» bo‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari, 
    tutgan yo‘li, taqrir (ko‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi. 
    Boshqacha qilib aytganda, bu istiloh Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi. 

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi va Qur’on tarjimalari

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish