• Yashash huquqi.
  • Bag‘rikenglik.
  • Islom dini ta’limoti.
  • 4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/15
    Sana04.03.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #44267
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Qullarni ozod qilish. Musulmonlarga islomni qabul qilgan qullarni ozod 
    qilishni buyuradi. Abu Hurayra (RA) rivoyat qiladi: “Har qanday kishi bir 
    musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo o‘shal qulning (ozod bo‘lgan) 
    har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam o‘tidan xalos qilur dedilar.
    Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini 
    xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin ko‘mib tashlardi. Qur’on 
    bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Ey, insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan 
    qo‘rqib o‘ldirmangiz-ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o‘ldirish 
    shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi31-oyat). 
    Nikoh. Nikohda ayol o‘z sepiga egalik qiladigan, erining mol mulkini meros 
    qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bo‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal qilishda 
    ishtirok etadigan bo‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun ko‘p xotinlikka 
    ijozat berildi. Ko‘p xotinli erga o‘zining barcha xotinlariga nisbatan adolatli 
    bo‘lish talab etiladi.
    Azon -namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom 
    dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul Bilol bo‘lgan. Qibla 
    musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon. 
    Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Ierusalim)ga qarab 
    namoz o‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bo‘lgan Qur’on oyati bilan 
    Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. 
    Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi.
    Bag‘rikenglik. Qur’onda yahudiylar va xristianlarga nisbatan bag‘rikenglikni 
    buyuradi. Ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilni muqaddas deb e’lon 
    qilingan, ammo yahudiylar va xristianlar to‘g‘ri yo‘ldan ozishda ayblanganlar. 
    Islom dinida zo‘rlash yo‘q. 
    Islom dini ta’limoti. 
    Islom falsafasi musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onda bayon etilgan. 
    Qur’on 114 sura, suralar 6226ta oyatlardan iboratdir. Islom falsafasi markazida 
    Yagona Alloh haqidagi g‘oya yotadi. Qur’onda Alloh olam va undagi 
    mavjudotlarni 6 kun mobaynida yaratganligi haqida aytiladi.
    A’rof surasi. “54. Darhaqiqat, rabbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan, 
    so‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bo‘lgan, kunga tunni qoplaydigan-uni (ya’ni kunni 


    20 
    tun) shitob bilan quvadi-quyosh, oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib 
    qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir.”
    2
    Osmon etti qavatdan iborat bo‘lib, xudoning taxti arshi a’loda etmish ming 
    parda bilan o‘ralgan. Alloh jannat va do‘zah ham yaratgan deyiladi. 
    Qur’on yakka xudolikni targ‘ib etadi. Islom ta’limoti bo‘yicha, inson Xudo 
    tomonidan yaratilgan va uning bandasidir. Alloh uni tuproqdan yaratgan. Odam 
    Atoning qobirg‘asidan esa Momo Havoni yaratgan. Odam shaytonning izmiga 
    kirib, ahdga shak keltirgan. Va oqibatdan jannatdan quvilgan. 
    Alloh jinlarni ham, farishtalarni ham yaratgan, xudoga yaqin bo‘lgan 
    farishtalar Jabroil, Mekoil, Isrofil va Azroildir. 
    Farishtalar Alloh amriga binoan inson oldida bosh egadilar ammo ulardan biri 
    Iblis bundan bosh tortadi. Shunda Alloh Iblisga la’natlar yog‘dirib, uni erga 
    yuboradi. Shuning uchun shayton Iblis odamlarni Alloh yo‘lidan ozdirishga 
    urinadi. 
    Islomda najot yo‘li Xudoga ishonch-imon yo‘li sifatida belgilab berilgan.
    Islomda najot yo‘li bilish, ilmdan iboratdir. To‘la va tugal ilm faqat Allohga 
    tegishlidir. Islom xaqiqatni izlashni ta’qiqlamaydi. Oyatlarning xaqiqiy ma’nosini 
    tushunish uchun uning ustida chuqur o‘ylash kerak.
    Islom madaniyatining nazariy asoslarini islom dinining muqaddas kitobi 
    Qur’on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning 
    yagonaligi haqidagi ta’limot yotadi. Qur’on yakkaxudolikni targ‘ib etadi. 
    Qur’onning eng asosiy ta’limotlaridan biri – Allohning o‘zigagina ibodat qilishdir.
    Baqara surasi, 255-oyatda “Alloh – undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha 
    barhayot va abadiy Turuvchidir”,
    1
     - deyilgan. 
    Shuningdek, Islom Allohga bir surat yoki haykal vositasida sig‘inishni rad 
    etadi. 
    Makkadagi Ka’bada 360 sanam bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Muhammad 
    SAV Makkani fath qilganidan so‘ng Iso va Bibi Maryam tasviridan boshqa 
    haykallar va suratlarni yo‘q qilishga buyurgan. Shuningdek, Qur’onning Soffot 
    surasi, 95-96-oyatlarda “O‘zlaringiz yo‘nib (yasab) olgan narsalarga ibodat 
    qilasizmi?! Holbuki, sizlarni ham, sig‘inayotgan butlaringizni ham Alloh 
    yaratganku?!”
    2
    deyilgan edi. 
     Baqara surasi. “115. Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi 
    tarafga yuzingizni qaratsangiz, o‘sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir.
    3

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish