• Informatsion texnologiyalarda portlar
  • 1. Qurilma (apparat) portlari
  • Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti. Tarmoqlarning fizik darajasining belgilanishi bir qurilmadan boshqasiga axborot hajmining ya’ni bit
  • Jeyms Klerk Maksvell
  • 4-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti Reja




    Download 1.05 Mb.
    bet1/9
    Sana06.03.2024
    Hajmi1.05 Mb.
    #167817
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2.4-Mavzu
    8-sinf-kimyo-fanidan-testlar-9, Mavzu Boshlang’ich sinflarda rasmga qarab insho yozish yo’llari

    4-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti


    Reja:



    1. Informatsion texnologiyalarda portlar

    2. Kommunikatsion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti

    3. Kompyuter tarmoq qurilmalari

    Kalit so’zlar: Portlar, axborot uzatish muhiti, kabel, elektromagnit spektr, hub, router, modem



    1. Informatsion texnologiyalarda portlar

    Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari bu tarmoq qurilmalari bo’lib, abonentlar o’rtasidagi real aloqani ta`minlab beradilar. Dastlab portlar haqida to’xtalamiz:


    Informasion texnologiyalarda portlar – bu jo’natilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi mantiqiy yoki fizik bog`lanishni tashkil etib, odatda quyidagi sinflardan iborat:
    1. Qurilma (apparat) portlari – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u vilka yoki kabellar yordamida kompyuterga bog`lanadi. (4.1-rasm.) Bular: Parallel port, davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
    2. Kiritish-chiqarish porti – mikroprosessor bilan qurilmalar o’rtasida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. U dasturga o’zaro ma`lumotlar almashishni tashkil etadi.
    3. Tarmoq porti – TCP va UDP protokollari parametrlari bo`lib, u IP formatidagi ma`lumotlar paketining qo`llanilishini aniqlaydi. (4.2-rasm.)
    Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini uning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfeys portlar, shinalar, kompyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdir.
    4.1-rasm. Kompyuter portlari
    1 2
    4.2- rasm. Tarmoq porti

    1. Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti.

    Tarmoqlarning fizik darajasining belgilanishi bir qurilmadan boshqasiga axborot hajmining ya’ni bitlarni uzatishi bilan hisoblanadi. Axborotlarni uzatish uchun turli fizik tashuvchilardan foydalanish mumkin. Ularning xar biri o’tkazuvchanlik qobiliyatiga, tutib qolishi, narxi va o’rnatilishi hamda qo’llanilishiga ko’ra o’z xususiyatiga ega.


    Axborotlarni uzatish muhiti elektromagnit spektrdagi to’lqinlar asosida ishlaydi. Elektronlarning xarakati fazoda xatto vakuumda ham elektromagnit to’lqinlarni hosil qilib tarqatishi mumkin. Buni 1865 yilda Britaniya fizigi Jeyms Klerk Maksvell (James Clerk Maxwell) tomonidan kashf etgan. 1887 yilda nemis fizigi Genrix Gerts (Heinrich Hertz) shu bo’yicha birinchi tajribasini o’tkazib uni isbot qilgan. Bu to’lqinlarning asosiy ko’rsatkichlari chastota va to’lqin uzunligidan iborat. To’lqin uzunligi deb ikki maksimumlar (yoki minimum) ketma-ketliklari oralig’idagi xolatiga aytiladi. Bu kattalik grekcha λ (lyambda) bilan belgilanadi.
    Vakuumda barcha elektromagnit to’lqinlar bir xil tezlikda va bir xil chastotada tarqatiladi. Bu tezlik yorug’lik tezligi deb aytiladi va c harfi bilan belgilanadi. Bu kattalik tahminan 3 × 108 m/s ga teng. Vakuumda bu f, λ va c kattaliklar quyidagi o’zaro fundamental aloqada bo’ladi:

    Download 1.05 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti Reja

    Download 1.05 Mb.