• Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar
  • 4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja




    Download 378,1 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi378,1 Kb.
    #244689
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Lecture - 4

    Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda qishloq 
    xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar 
    mavjudligida ifodalanadi. Ayni paytda ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga xos tabiiy 
    va iqtisodiy omillar eng yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. Chunki bu hisob-kitoblar 
    natijasida mehnat samaradorligining yuqori darajasi va xarajatlarning qisqartirilishiga 
    erishiladi.
    O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi davrida 
    tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga ixtisoslashgan yirik hududlar tashkil 
    topdi. Bu eng avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, chorva, sabzavot va meva 
    mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud qishloq xo’jaligi korxonalarining qayta 
    tuzilishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
    Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab chiqarishining uzoq 
    muddatli rejalashtirishini nazarda tutadi. Bu rejaning maqsad va vazifalari hududning, 
    tumanning, viloyatning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Shu narsani hisobga 
    olish kerakki, hududiy ixtisoslashuvda zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ham bu 
    hududlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva mahsulotlarini sanoat tarzida qayta ishlab 
    chiqarishning imkoniyati borligi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda 
    mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi. 


    Hududiy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish uzoq muddatli reja asosida olib boriladi. Uning 
    mazmuni joy yoki hududning tabiiy hamda iqtisodiy shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Mazkur 
    joy uchun qulay bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva turlari, sanoat qayta ishlab 
    chiqarishi tabiiyki rivojlanadi. 

    Download 378,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 378,1 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja

    Download 378,1 Kb.
    Pdf ko'rish