|
4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. RejaBog'liq Lecture - 4Ixtisoslashgan xo’jaliklar deb mahsulot realizasiyasidan bosh tarmoqda umumiy
foydaning 50 % dan kam bo’lmagan hissasiga ega bo’lgan korxonalarni hisoblash mumkin.
Masalan, agar xo’jalikda paxta yoki g’alla hissasi 50% yoki undan ortiqni tashkil etsa,
bunday korxona paxtachilik yoki g’allachilik yo’nalishidagi xo’jalik hisoblanadi. Agar
qishloq xo’jaligi korxonasida ikki sohadan har birining hissasi 25 %dan kam bo’lmasa,
bunday xo’jalik ham ixtisoslashgan korxona hisoblanadi va uning ishlab chiqarish yo’nalishi
bosh tarmoq, ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlari realizasiyasidan tushgan umumiy foydaning
nisbatan ko’p qismini tashkil etgan sohaning ulushiga qarab aniqlanadi.
Uch yoki undan ziyod asosiy sohalarga ega bo’lgan qishloq xo’jaligi korxonalari
ixtisoslashgan xo’jaliklar tarkibiga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashuv yo’nalishi bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari
asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-o’simlikchilik:
g’allachilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik, sholikorlik,
mevachilik, poliz mahsulotlari va h.z. ishlab chiqaruvchilar;
-chorvachilik: sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, yilqichilik, qo’ychilik va parranda
mahsulotlari yetkazuvchilar.
Ixtisoslashuv darajasini xarakterlovchi va loyiha qarorlarini baholashga imkon beruvchi -
umumiy ko’rsatkich bu qishloq xo’jaligi korxonasining ixtisoslashuvi koeffisiyentidir.
Ixtisoslashuv koeffisiyenti (K) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
K=100 / U(2N-1) (5.1)
bunda: U - tovar mahsulotida alohida tarmoq ulushi;
N - har bir mahsulot turida ulush bo’yicha tartib raqami.
Agar ixtisoslashuv koeffisiyenti 0,2 dan kam bo’lsa bu past daraja, 0,2 dan 0,4 gacha,
o’rtacha,
0,4dan 0,6 gacha yuksak, 0,6dan yuqorisi juda yuksak daraja hisoblanadi. Bir tur tovar mahsuloti
ishlab chiqaradigan korxonaning ixtisoslashuv koeffisiyenti 1,0 ga. teng. Qishloq xo’jaligi
korxonalarining ixtisoslashuvini aniqlash uchun boshqacha yondashuvlar va mezonlar ham
mavjud.
|
| |