Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy
vazifalarni to’liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg’or,
ekologik toza agrotexnika,
zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o’g’itlar xamda o’simliklarni va chorvani
ximoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg’orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli
foydalanib, mehnat va mablag’larni kam sarflagan xolda qishloq xo’jaligiga yaroqli xar bir
gektar yer va shartli bosh mol xisobiga dexqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarini mumkin
qadar tez va barqaror ko’paytirishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo’yicha ish olib borganda qo’yidagi
tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:
❖
ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazamlik va barqarorlik;
❖
xo’jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini xisobga olgan xolda, tashkiliy mulk
shaklini va ishlab chiqarish yo’nalishini tanlashga ilmiy yondoshish;
❖
korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy xamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini saqlash;
❖
korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy mehnat
taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda
demokratik tamoyillarga
amal qilish;
❖
ish
bajaruvchilarning
mehnat
unumdorligini
o’stirganligi
uchun
moddiy
manfaatdorligini ta’minlash.
Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga
qo’yidagi omillar o’z ta’sirini o’tkazadi:
❖
bozor talabini xisobga olish;
❖
ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to’la foydalanish:
❖
ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
❖
xar bir iqtisodiy tumanni o’zida ishlab chiqarilgan maxsulotlari xisobiga, o’z talabini
qondirish;
❖
jumxuriyat, viloyat va tumanlarda mexnat taqsimotini xisobga olish va mexnat bozorini
tashkil etish.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda qo’yidagi omillarga e’tibor berish lozim:
❖
yirik sanoat markazlari va shaxarlar talabini xisobga olish;
❖
qishloq xo’jalik
maxsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport
xarakati va xokazolarga;
❖
maxsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga - sut qatiq, yog’ va
boshqa maxsulotlar yetishtirish uchun ozuqani chorva mollariga yaqinlashtirishga;
❖
transport vositalari xamda yo’llar xolatiga;
❖
maxsulotlarni
qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va
rivojlanish darajasiga;
❖
mintaqa axolisi, uning mexnatga yaroqli qismi, mexnat malakasi, kasbi va bo’sh ish
o’rinlarining mavjudligiga.
Ixtisoslashtirishni aniqlovchi ko’rsatkichlar qo’yidagilardan iborat:
❖
tovar maxsulotlarining tarkibi;
❖
tovar maxsuloti tarkibida ayrim ekin turlari yoki tarmoqlarning tutgan o’rni;
❖
maxsulotlarning tovarlilik darajasi.
Qo’shimcha ko’rsatkichlar qo’yidagilardir: 100 gektar qishloq xo’jalik ekin maydoni
xisobiga yetishtiriladigan tovar maxsuloti (qiymat va natura ko’rsatkichlari),
maxsulot tarkibi,
100 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondi xisobiga va o’rtacha bir xodim xisobiga to’g’ri
keladigan tovar maxsuloti va xokazolar.