Umumxo’jalik ixtisoslashuvi. Ixtisoslashuvning bu shakli tovar mahsulotlari ishlab chiqarishda ayrim qishloq xo’jaligi korxonalari o’rtasida mehnat taqsimotini anglatadi. Uning asosiy tamoyili tovar ishlab chiqarish tar-moqlarining eng kam miqdorida eng ko’p mahsulot yetishtirishga erishishdir. Bir tarmoq bilan ishlab chiqarishni tashkil qilish mumkin bo’lgan yerda ikki, ikki tarmoq yetarli bo’lganda uch tarmoqni tashkil etish xo’jalik uchun ortiqcha qiyinchiliklarni tug’dirib, uning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish imkoniyatlarini qisqartiradi. Ba’zi qishloq xo’jaligi korxonalarida hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi o’zaro
bog’liqdir. Hududiy ixtisoslashuv qancha rivojlangan bo’lsa, umumxo’jalik ixtisoslashuvi uchun
shuncha qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Ikkinchi tomondan, alohida xo’jaliklar qancha ko’p
ixtisoslashsa, u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi shunchalik kengayadi.
Alohida qishloq xo’jaligi korxonalarida, mehnatning hududiy taqsimoti va hududiy
ixtisoslashuvga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
Hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi istisno tarzida tovar ishlab chiqarishga mansubdir,
ya’ni bunga tegishli korxonalar faqat o’z hududlaridan tashqarida sotishga mo’ljallangan
mahsulotlar turlarini ishlab chiqaradilar. Ammo deyarli barcha qishloq xo’jaligi korxonalarida
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sezilarli qismi ularning o’z ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Shu sababli yalpi mahsulot tovar mahsulotiga nisbatan ancha ko’p ishlab chiqariladi.
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi tovar ishlab chiqarishiga ham, tovar bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ham taalluqlidir. Bu ixtisoslashuvning hududiy va umumxo’jalik shakllaridan farqi ham ana shunda.
Ixtisoslashuvning bu shakli ishlab chiqarishni xo’jalikning bo’linmalari va tarmoqlari bo’yicha
oqilona joylashtirishga qaratilgan.
Ichki xo’j alik ixtisoslashuvining asosiy maqsadi - ma’lum bir tur mahsulotlar ishlab
chiqarilishi yoki bo’linmalarning eng kam miqdorini joylashuvidan iboratdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ixtisoslashuv shakllari hududiy (hudud, xo’jalik, bo’linma) belgilar
bo’yicha farqlangan. Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslanadi.
Bunday holatlarda bir necha mustaqil korxona yoki bo’linmalar mahsulotning qandaydir bir
turini ishlab chiqaruvchi koopersiyalarga birlashadi. Har bir ishtirokchi texnologik jarayonning
ma’lum bir qismini bajarib, ikkinchisiga yarim fabrikatlarni yetkazib beradi. Chorvachilikda,
masalan bir xo’jalik g’unajinlar yoki buzoqlar yetkazib berishga, ikkinchisi sut ishlab
chiqarishga, uchinchi biri ozuqa mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashuvi mumkin. Natijada
yirik ixtisoslashgan ishlab chiqarish tashkil topadi.
O’zbekiston qishloq xo’jaligida parrandachilik, yirik shoxli mollarni ozuqlantirish, sabzavot
mahsulotlari yetishtirish va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan korxonalarning samarali faoliyatiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ichki
xo’jalik ixtisoslashuvini chuqurlashtirish qisqa muddatlarda katta samara berishi mumkin.
Xo’jalik faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ko’pgina
muammolarni to’g’ri hal qilishda ilmiy asoslangan rejalashtirish, moddiy-texnik ta’minot,
ishlovchilarni moddiy rag’batlantirishda qishloq xo’jaligi korxonasi va bo’linmalarining
ixtisoslashuvi, ya’ni ishlab chiqarish yo’nalishini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega.
Shakllangan ixtisoslashuvni to’g’ri aniqlash uchun ma’lum ko’rsatkichlar va mezonlardan
oqilona foydalanish zarur. Ixtisoslashuv joriy va qiyosiy baholarda hisoblanadigan tovar
mahsuloti ishlab chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir.
Amaliyotda shakllangan ishlab chiqarish yo’nalishini asosiy qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining umumiy daromadda so’nggi uch yil davomidagi mahsulot realizasiyasidagi
ulushi bo’yicha aniqlash tavsiya etiladi.