Konussimon g’ildiraklarda tish kesish stanoklari




Download 472,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.02.2024
Hajmi472,83 Kb.
#152325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tish qirquvchi asboblar

4.6. Konussimon g’ildiraklarda tish kesish stanoklari 
Konussimon tishli g’ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g’ildiraklarni ishlab


chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussimon g’ildiraklarning tishlari bir-
biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam 
o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-
qurligi va kengligi konussimon g’ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-
sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g’ildiraklar tishlariga ishlov 
berishda qiyinchilik tug’diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi. 
Amalda to'g’ri tishli va doiraviy tishli konussimon g’ildiraklar keng qo'llaniladi. To'g’ri 
tishli konussimon g’ildiraklar tishlarini shakldor asboblar yordamida kopirlash usuli 
bo'yicha quyidagicha kesish mumkin: 
• modulli disk va barmoq frezalari bilan frezalash (xomaki kesish); 
• disksimon protyajka yordamida doiraviy sidirish (xomaki va toza-lab ishlov 
berish); 
• 
keskichlar yordamida shablon bo'yicha randalash. 
Konussimon g’ildirakning tishlarini eng aniq va samarali tayyorlash—bu obkatka 
usulidir. Konussimon g’ildiraklar tishlarini qirqib tayyorlashda ishlab chiqaruvchi yoki 
faraz qilinadigan g’ildirak tushunchasi kiritiladi. Haqiqatda stanokda bunday g’ildirak 
yo'q, ammo stanokning planshayba (lyo`lka)sida kesuvchi asboblar (keskichlar, frezalar, 
tish kesish kallagi) joylashib, ularning kesuvchi qirralari ishlab chiqarish (faraz 
qilinadigan) g’ildiragi tishlari profilini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish g’ildiraklarining yassi, konussimon, yassiuchli, k-nussimon-uchli 
turlari bor. Asboblarni tayyorlash nuqtayi nazaridan yassi ishlab chiqaruvchi g’ildirak 
eng qulay bo'lib, unda boshlang’ich konus uchidagi burchak (pn = 90°va tishlar yassi yon 
yoqlarga ega, ya'ni tishning profili to'g’ri (tekis) yoqli (14.9-rasm). 

Download 472,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 472,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Konussimon g’ildiraklarda tish kesish stanoklari

Download 472,83 Kb.
Pdf ko'rish