4.7. Tish pardozlash stanoklari
Tishlarning aniq shakli va o'lchamlariga, shuningdek ularning ishchi yuzalarig`adir-
budurliklarini kamaytirish maqsadida tishli g’ildiraklarning tishlarini qirqib bo'lgandan
keyin pardozlab ishlov berish operatsiyalari o'tkaziladi. Bunda quyidagi tish pardozlash
stanoklaridan foydalaniladi:
Tishlarni jilvirlash 5D833, 584 M,
Shevinglash 5702B, 55702B, 5714,
Xoninglash 5Б913, 5A915,
Pritirka qilish 5П722, 5725E,
7.12-rasm.
Obkatka qilish 5Г725, 5Б726,
5D833 modelli tish jilvirlash yarim avtomati yuqori aniqlikka ega bo'lib,
g’ildiraklardagi to'g’ri va vintsimon tishlarni obkatka usuli bo'yicha 1 va 2 kirimli
chervyak doiralari yordamida jilvirdash uchun mo'ljallangan (7.14-rasm).
Stanok jilvirlovchi chervyakni o'tkirlab turish uchun maxsus to'g`rilash
mexanizmiga ega. Stanokda quyidagi harakatlar mavjud.
1.
Jilvirlovchi chervyak doirasining aylanma harakati.
2.
Bo'lish harakati—zagotovkaning aylanma harakati.
3.
Zagotovkaning vertikal surilishi (jv=4....165 mmg’min).
4.
Radial surish jilvirlash doirasi babkasining zagotovka tomon supportning har
ishchi yurishiga mos keladigan surilishidir. Bu harakat stanokda gidrosilindrreyka
uzatmasi-xrapovikli mexanizm-yurgi-zish vinti orqali amalga oshiriladi.
Tishlarni jilvirlash 4...7-aniqlik darajalarini ta'minlaydi. Jilvirlash-ning afzalligi
istalgan qattiqlikka ega bo'lgan g’ildiraklarga ishlov berish mumkinligidir. Tishlarni
jilvirlash kopirlash va obkatka usullari bo'yicha bajariladi. Kopirlash usulida jilvirlash
doirasining ishchi profili tishlar orasidagi bo'shliq profilining nusxasidir (7.15-rasm, a).
Obkatka usulida jilvirlashda jilvirlash doirasi tishli reyka profilini takrorlaydi hamda
tishli reyka va g’ildirakning bir-biriga nisbatan dumalashi (obkatka) sodir bo'ladi.
Kesuvchi asbob sifatida konus profiliga ega bo'lgan bitta doira (14.15-rasm, b) yoki ikkita
tarelkasimon doiralar, shuningdek chervyak ko'rinishidagi abraziv doiralar xizmat qiladi.
a) kopirlash usuli bo 'yicha
i b) obkatka usuli bo 'yicha
7.15-rasm. Tishlarni jilvirlash sxemalari.
G’ildiraklar tishlarini jilvirlash uchun qo'yim (propusk) bir to-monga 0,2...0,3 mm
oralig’ida qoldiriladi va u 4...5 o'tish davomida olib tashlanadi. Oxirgi ikki o'tish (tozalab
ishlov berish)da 0,01 ....0,015 mm qalinlikdagi qatlam kesiladi. Chuqurlikka qarab surlsh
har o'tishga 0,04..0,05 mm ni tashkil etadi. Bir tishga ishlov berish 1...3 minutni tashkil
etadi. Shevinglash qattiqligi HRC<40 bo'lgan to'g’ri va vintsimon tishli silindrik hamda
chervyak-g’ildiraklari uchun qo'llaniladi. Buning natijasida 6...7-aniqlik darajalari va sirt
tozaligi Л=0,63...0,16 mkm ga yetkaziladi. Kesuvchi asbob—disk ko'rinishidagi shever
bo'lib, u g’ildirak shakliga ega va tishlarida ariqchalar ochilganki, hosil bo'lgan o'tkir
qirralar metallni kesib o'tadi.
5В702ВФ2 modelli tish shevinglash yarim avtomati (14.16-rasm) tashqi ilashadigan
to'g’ri va vintsimon tishli silindrik g’ildiraklarni, shuningdek bochkasimon tishlarni
sheverlaydi. Shevinglash uchun tish-ning qalinligi bo'yicha 0,1...0,25 mm qo'yim
qoldiriladi. Stanok dastur bo'yicha boshqariladi: kesish tezligi, bo'ylama va radial
surishlar pult yordamida belgilanadi.
Tishlarni xoninglash, pritirka qilish va obkatka qilish tishli g’ildiraklarni termik
ishlov (toblash)dan keyin o'tkaziladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
1.
Tish kesish stanoklarining turlarini keltiring.
2.
Tishli qildirak zagotovkalarida tishlarni tayyorlash (hosil qilish) usullarni
ta'riflang.
3.
53A50 modelli tish frezalash stanogining vazifasi va ishlash prinsipini
ta'riflang.
4.
5A122 modelli tish o'yish stanogining vazifasi va ishlash prinsipini izohlang.
5.
5236П modelli tish randalash yarim avtomatining vazifasi va ishlash prin-
sipini izohlang
6.
Tishli g’ildirak tishlarini pardozlash stanoklari haqida tushuncha bering.
Tishlarni pardozlash-jilvirlash, shevinglash, pritirka va obkatka qilishdan ko'zlangan
maqsad nima?
40>
|