|
4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati
|
bet | 20/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22II.Asosiy qism: Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag`lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi.
Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning
tug`i- bayrog`i olib yurilgan.
Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil
dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an`analari bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari,
O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,
O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
III.Yakuniy qism: Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste`dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)
Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini yaratadilar.
O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi.
|
| |