• Kompetensiya — TK-2
  • II.Asosiy qism
  • 4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati




    Download 2,9 Mb.
    bet28/51
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #244374
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
    Bog'liq
    4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22

    Sana:
    19-mavzu:Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
    Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
    Kun shiori:
    Tejamkorlik-yaxshi xislat
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism
    O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.
    II.Asosiy qism:
    Inson hayotida ro`zg`or uy-joy tutishda tejamkorlik, ya`ni, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, rejalilik katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz”Tejog`lik ish –bejog`lik”deb aytishmagan.Tejamkorlik –insoning ma`naviyatini boyitadi,moddiy holatiga qut-baraka ato etadi.Ayniqsa bu narsaga o`zbek oilasida kichiklikdan o`rgatiladi.
    Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi,tadbirkor bo`lishdir.Tejamkorlik-savob, isrofgarchilik gunohdir.Biz elektr toki, suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak,chunki,xalqimiz yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak, shunda oilamiz,davlatimiz farovon bo`ladi.Davlatimiz,oilamiz bor bo`lsin desangiz, har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga odat qiling.Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalangani uchun boyib, mol-mulkga ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati

    Download 2,9 Mb.