|
Mashg’ulotni yakunlab, faol o’quvchilarni rag’batlantirish
|
bet | 23/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22Mashg’ulotni yakunlab, faol o’quvchilarni rag’batlantirish
Sana: 14-mavzu:Madhiyam, yangrayver!
(10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Kompetensiya—TK-3: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
TK-4: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: El aro yangrayver madhiyam
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi : “Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman”.
O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov.
II.Asosiy qism:
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.Shoir Abdulla Oripov va Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`ri kengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma`naviyatimiz madh etilgan.
Dunyoda bor turli ma`lumot,
Samolarda izlardi hayot.
Ming taxminu, ming bir gumonlar,
Berolmasdi biror ma`lumot.
Ne donolar quyoshga shoshdi,
Yulduzlarchi insondan qochdi.
Galileydan oldin Ulug`bek,
Falakiyot sirini ochdi.
Shundan tiniq, toza osmanim,
Ona yurtim – O`zbekistonim.
Komil Sindarov
|
| |